Kasbiy ta‟lim fakulteti mehnat ta‟limi va chizmachilik kafedrasi


Ovqatga  qo‘shiladigan  qayta  ishlangan  pishloqlar


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/101
Sana09.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#264536
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   101
Bog'liq
sut bo'cha

Ovqatga  qo‘shiladigan  qayta  ishlangan  pishloqlar  birinchi  ovqatlar  va  souslar 

tayyorlashga  mo`ljallanadi.  Shuningdek,  ovqatlar  tayyorlashda  ularni  ziravor  o`rniga  ham 

ishlatsa bo`ladi. Bu guruhlar assortimentiga sho‗rvaga solinadigan qo‗ziqorinli, piyozli, oq 

qo'ziqorinli  pishloqlarni  kiritish  mumkin.  Ularning  konsist ensiyasi  sal  qayishqoqroq, 

surkaladigan bo`lib, suvda eriydi.  

Konservalangan  pishloqlar  saralangan  tabiiy  pishloqlardan  olinadi.  Ular  90 -105°C  da 

eritilib,  issiq  holda  100-250  g  massada  loklangan  bankalarga  joylanib,  germetik  yopiladi 

va pasterizatsiya yoki sterilizatsiya qilinadi.  



 

 

jadval 



 

Bu  jadval  ma‘lumotlaridan  ko'rinib  turibdiki,  pishloqning  sifatini  aniqlashda 

hidi  va  ta‘miga  alohida  e‘tibor  beriladi  hamda  yuqori  ba‘‘  ajratiladi.  Organoleptik 

ko'rsatkichlafining  umuffily  bali  asosida  ula:  a‘lo  va  1-navlarga  ajratiladi.  Jadval 

ma‘lumotlaridan  ko'rinib  turibdiki,  oliy  navli  pishloqning  umumiy  bahosi  87 -100. 

Jumladan,  hidi  va  ta‘mining  bahosi  kamida  37,  1-navli  pishloqning  umumiy  bahosi 

75, hidi va ta‘mi uchun berilgan baho esa 34 balldan kam bo'lmasligi kerak.  

jadval 

 

Pishloqning 100 balli tizimi 



Ko‗rsatkichlar 

Ajratilgan eng yuqori ball 

Hidi va ta‘mi Konsistensiyasi Pishloqning 

g‗ovakligi Tashqi ko‗rinishi Rangi 

0‗rab joylanishi 

45 


25 10 10 5 —Ј 

Jami: 

100 


Pishloqning navlari uchun ajratilgan ballar 

 

 



Hidi va ta‘mi uchun, 

Navi 


Umumiy baho, ball 

ballardan kam bolmasligi 

 

 

kerak 



Oliy 

87-100 


37 

1-nav 


75-86 

34 



 

Agar  pishloq  uchun  berilgan  umumiy  ballar  soni  75  dan  kam  bo‗lsa,  bular 

standart talabiga javob bermaydi deb topiladi va savdo tarmoqlarida sotish uchun ruxsat 

etilmaydi. Oliy navli pishloqning shakli to‗g‗ri, qobig‗i yupqa, tekis, toza, burishmagan 

bo'lishi  kerak.  Agar  pishloq  parafmlangan  bo‗lsa,  u  holda  parafin  qatlami  shi - 

kastlanmasligi  lozim.  Oliy  navli  pishloqning  ta‘mi  va  hidi  o‗ziga  xos,  sof.  Ularda 

begona ta‘m va hidlarbo‗lmasligi zarur. Birinchi navlarda esa yem-xashak ta‘mi hamda 

nordonlilik  salgina  sezilib  turilishiga  ruxsat  etiladi.  Oliy  navli  pishloqlarda  xamiri  bir 

jinsli,  qayishqoq,

>

  1-  navlari  esa  uvoqli,  sal  chandirsimon,  bo‗shroq  bo'lishi  mumkin. 



Rangi  oqdan  sal  sariqqacha,  butun  xamir  bo‗ylab  bir  xil  bo‗lishi  kerak.  Pishloq 

xamirlarining  g‗ovakligi  ham  asosiy  ko‗rsatkichlaridan  biri  hisoblanadi.  Oliy  navli 

pishloqlarda  g‗ovakliklar  yaxshi  rivojlangan,  shakli  va  ularning  joylashishi  bir  tekis, 

birinchi navlarda esa turli hoilarda bo‗lishi mu mkin. 

Pishloq  sifatini  laboratoriya  usulida  tekshirganda  uning  fizik -  kimyoviy 

ko‗rsatkichlari  aniqIanadi.  Uning  asosiy  fizik-kimyoviy  ko‗rsatkichlaridan  tarkibidagi 

yog‗ (quruq modda hisobida), suv va o`lchash  yo‗li bilan aniqlanadi. Ba‘zan pishloqlar 

tarkibidagi  oqsil  va  kul  moddasi  miqdorlari  ham  aniqlanishi  mumkin.  Mahsulot  ishlab 

chiqarish  uchun  sifatsiz  xomashyo  ishfatilishi,  texnologik  jarayonlarning  buzilishi, 

saqlash qoidasiga rioya qilmaslik va hokazolar pishloqda ba‘zi bir nuqsonlarning paydo 

boiishini  yuzaga  keltiradi.  Bunday  nuqsonlarga  pishloqlarda  o‗tkir  yem-xashak 

ta‘mining  bo‗lishi,  ularda  uchraydigan  taxir,  mog‗or  hidlari  kiradi.  Xuddi  shuningdek, 

pishloqlar  konsistentsiyasida  ham  nuqsonlar  uchrashi  mumkin.  Masalan,  qattiq, 

uqalanuvchan,  chandirsimon,  cho‗ziluvchan  konsistensiya  shunga  kiradi.  Ba‘zan 

pishloqlarda  chuqur  va  yoriq  joylar  bo‗lib,  ular  ezilgan  holda  ham  uchrashi  mu mkin. 

Shunday  nuqsonlari  bo'lgan  pishloqlar  nostandart  deb  topiladi  va  aholiga  sotishga 

ruxsat etilmaydi.  

Qattiq  shirdon  pishloqlari  ichki  to‗siqlari  bor  taxta  qutilarga  va  barabanlarga 

joylanadi. Joylangan pishloqlar bir turli, bir navli, bir muddatda ye tilgan bo'lishi  lozim. 

Har  bir  dona  pishloq  ustiga  yuvilib  ketmaydigan  zararsiz  bo‗yoqda  ishlab  chiqarish 

markasi  yozilib,  unda  foiz  hisobida  pishloq  tarkibidagi  yog‗,  zavod  raqami,  o‗lka  va 

viloyatning  qisqacha  nomi  ko‗rsatiladi.  Ishlab  chiqilgan  kuni  esa  kazeindarryasalgan 

raqamtar  bilan  pishloq  xarmnga  presslab  qo'yrtedi.  Tarkibida  50  %  yog‗i  bor 

pishloqlarga  kvadrat  shaklidagi,  45  %  yog'i  borlariga  esa  to‗g‗ri  sakkiz  burchak 

shaklidagi tamg‗a bosiladi. 



 

Pishloqlarni  xohlagan  transport  vositasi  yordamida  tashish  mumkin.  Ularni 

yuklashdan oldin albatta, sanitariya holati aniqlanadi.  

―Tashish  uchun  begona  hidga  ega  bo'lgan  transport  vositalaridan  foydalanish 

taqiqlanadi.  Pishloq  faqat  yashiklarga  joylangan  holda  tashiladi.  Bu  paytda  harorat 

ularning  sifatiga  katta  ta‘sir  ko'rsatadi.  Temiryo‗l  transportida  maxsus  izotermik 

vagonlarda tashiladi. Bunda harorat 2°C dan past va 8°C dan ortiq bo'lmasligi kerak. 

Avtomobil  transporti  vositasida  brezent  bilan  yopilgan  holda,  yashiklajda 

tashilganda  va  saqlanganda  harorat  20°C  dan  ortiq  bo‗lmasligi  talab  qilinadi.  Agar 

20°C  dan  ortiq  haroratda  saqlansa,  u  holda  pishloq  yuzasidagi  yog‗  erib,  ular 

eritilgan moy ta‘miga ega bo‗lib qoladi.  


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling