Buterbrodlar tayyorlash uchun mo`ljallangan pishloqlar. Eritilgan pishloqlarning boshqa
turlaridan farq qilib, zich tuzilmaga ega pichoq bilan yaxshi kesiladi, yopishmaydi,
buterbrodlar tayyorlash uchun qulay. Ularning tarkibida yetilmagan tabiiy pishloqlarning
miqdori ko‗p. Bular yaxshi yetilmagan qaysi nomdagi pishloqlardan tayyorlangan bo'lsa,
o‗sha nom bilan ataladi. Masalan, «Kostromskoy», «Latviyskiy» va boshqalar.
Kolbasasimon dudlangan pishloqlarga 30-40 % yog‗lilikka ega bo'lgan dudlangan va
dudlangan qalampirli turlarni kiritish mumkin. Bu pishloqlar tayyorlashda retsept bo'yicha
eritilgan issiq massa shprislar yordamida pergament yoki sellofahdan tayyorlangan
po‗stloqlarga joylanib, keyin sovitiladi va parafinlanadi. Dudlash, asosan, chala yongan
o‗tin dudi yordamida 10-20 soat davomida yoki kolbasa batonlarini dudlash ta‘mini va
hidini beradigan suyuqlikka 1-2 minut solib qo‗yish yo‗li bilan olib boriladi. Bu esa
dudlangan mahsulotlarga xos ta‘m va hid beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |