kg massada ishlab chiqariladi. Bu pishloqning hidi yaxshi sezilib, kuchsiz nordon ta‘mga
Stepnoy pishlog`i ta‘mi bo'yicha Kostroma pishlog'idan farq qiladi, ta'mi o'tkir, sal
sho'rroq, nordonroq. Bu pishloqning shakli kvadrat asosli g'o'lasimon, massasi 5 —6 kg.
Uglich pishlog`i massasi 2—3 kg, to'g'ri burchakli g'o'la shaklida chiqariladi.
Pishloqning xamiri muloyim, qayishqoq, sal mo'rtroq, ta‘mi nordonroq bo'lib 2 oyda
yetiladi.
Poshexon pishlog`i pastak silindr shaklida, massasi 5-6 kg, ta‘mi sal nordonroq,
famirining konsistensiyasi plastik, qisqa muddatda (1,5 oy) yetiladi.
Litva pishlog`i massasi 5-6 kg bo'lib, to'g'ri burchakli, g'o'la shaklida, ta‘mi mayin, sal
nordonroq, xamirida suv miqdori ko'p bo‗lishiga qaramasdan zich, qayishquqsimon.
Tarkibidagi yog' 30 %ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: