Oqsillaming o‘zgarishi. Pishloqning yetilishida oqsillaming, ayniqsa, kazeinnmg roli
beqiyosdir. Kazeiuning o'zgarishi sutga shirdon fermentlar i qo‗shib ishlanganda, ya‘ni
parakazeinning hosil bo'lishi bilan boshlanadi. Shirdon fermenti ta‘sirida pavdo bo'lgan
parakazein pishloqning yetilishi paytida oddiy birikmalarga parchalana boshlaydi.
Natijada, pishloqda albumozlar, peptonlar, peptidlar va aminokislotalar yuzaga keladi.
Lekin, aminokislotalar yetilishning boshlang'ich davrida ham hosil bo'ladi. Pishloq
yetilish vaqtining ortishi bilan ularda aminokislotalar miqdori ham orta boradi. Bu jarayon
davomida ayrim aminokislotalarning miqdori ortib borsa, ba‘zilarining miqdori esa
o'zgarmasdan qoladi yoki kamayishi ham mumkin. Aminokislotalarning kamayishi esa
ularning parchalanganfigidan yoki boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishganligidan
dalolat beradi. Ba‘zi hoilarda aminokislotalar aminogruppa sini yo'qotib yog' kislotasiga
aylanadi va pishloqda ammiak hosil bo'lishiga ham olib keladi.
Qattiq shirdon pishloqning yetilish jarayonida tarkibidagj yog' moddalarida ham
o'zgarish bo'ladi. Ularda ma‘lum-darajada erkin yog‗ kislotaiarining paydo bo'lish i
lipolitik fermentlar ta‘sirida yog`larning gidrolizlanishi bilan tushuntiriladi. Hamma
pishloqlar ham to'la yetilguncha ma‘lum miqdordagi suvini yo'qotadi. Ko‗p miqdordagi
suv tuziash jarayonida chiqib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |