Kasbiy ta‟lim fakulteti mehnat ta‟limi va chizmachilik kafedrasi


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/101
Sana09.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#264536
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   101
Bog'liq
sut bo'cha

Pishloqning yetilishi juda  murakkaboarayon  hisoblanadi. Maxsus  "pishloq saqlaydigan 

omborxonalarda

_

esa  sovuq  va  issiq  kameralar  mavjuddir.  Kameralar  maxsus  moslamalar 



bilan  jihozlangan  bo‗lib,  stellajlar  tokchasiga  pishloqlar  terib  qo'yiladi.  Stellajlarga  esa 

termometr  hamda  psixrometrlar  o'rnatilgan.  Ular  havoning  harorati  va  nisbiy  namligini 

juda aniqlikda o`lchab turadi. 

Kameralarda  pishloqlar  shirdon  va  mikroorganizmlar  ishlab  chiqargan  fermentlar 

ta‘sirida  yetiladi.  Pishloq  mikroflorasi  sut  mikroflorasidan  va  shirdon  tomizg‗ilari 

mikroflorasidan  hamda sut kislotasi  bakteriyalarining sof tomizg‗isidan  ibo ratdir. Pishloq 

yetilishining  mohiyati  hammasi  uchun  bir  xil  boisa -da,  ular  yetilishining  o‗ziga  xos 

xususiyatlari  bo‗ladi.  Masalan,  «Gollandskiy»  pishlog'i  75  kunda  yetilsa,  shveysar 

pishlog`ining  yetilishi  uchun  180  kun  zarur  bo'ladi.  Buning  boisi,  pishloq  donalarining 

katta yoki kichikligida emas, balki ulardagi mikroorganizmlar bilan uzviy bog'liqdir.  

Pishloq 

yetilishi 

jarayonida 

nazorat 


qilib 

turiladi. 

Kislorodli 

sharoitda 

mikroorganizmlar  yaxshi  rivojlanib,  pishloq  yuzasida  zamburug'  va  yopishqoq  moddalar 

hosil  qiladi.  Agar  bular  yuvib  tozalanmasa,  pishloq  qobig'ini  yemiradi,  ularda  begona  hid 

hamda  ta‘m  paydo  bo'ladi.  Shu  sababli  pishloqlar  vaqti-vaqti  bilan  yuvilib,  tozalab 

turiladi.  Ikkinchidan,  ular  shaklini  saqlash  uchun  aylantirib  turiladi.  Ko'pc hilik  hoilarda 

qurib  qolishdan  va  qobig'ining  holatini  saqlash  maqsadida  pishloqlar  parafinlanadi.  Bu 

ishni yetiltirishga yuborgandan so'ng bir oy o'tgach amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. 

Buning  uchun  parafin  maxsus  idishlarda  150°C  da  qizdirilib  eriti ladi.  Keyin  esa  maxsus 

ushlagich  yordamida  pishloq  donasi  parafin  eritmasiga  2 —3  soniya  davomida  botirib 

olinadi. 


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling