bo‗lgan namlik qolguncha quyqadan suvni chiqarib yuborishga qaratilgandir. Buning
asosiy sababi shundaki, zardob tarkibidagi sut shakari bijg‗ish jarayonlarida ishtirok
etib, pishloqning yetilishida muhim
rol o`ynaydi. Pishloq xamirida zardobning
miqdorini belgilash asosida bijg‗ish jarayonini gram boshqarish mumkin bo‗ladi.
Qattiq shirdon pishloqlari ishlab chiqarishda yumshog‗iga qaraganda quyqadan
ko‗proq miqdorda zardob chiqib ketishi kerak. Asosiy zardob quyqalarga vannada
ishlov berish jarayonida, pishloqqa shakl berish va presslash paytida chiqadi.
Quyqalar zardobini qochirish uchun ular vannalarda maxsus pichoqlar yordamida
ma‘lum o'lchamli pishloq donachalari (bo‗laklari) hosil bo`lguncha kesiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: