Oltoy pishlog`i. Massasining kichikligi (12—20 kg) bilan Shveysariya pishlog'idan
farq qiladi. Uning yetilish muddati nisbatan ozroq bo'lib, 4 oyni tashkil etadi.
Karpat pishlog`i past silindr shaklida, massasi 12 kg. gacha bo'ladi. Ta‘mi shirinroq -
nordon. Yetilish muddati nisbatan qisqa bo‗lib, ikki oyni tashkil etadi.
Ukraina pishlog`i baland silindr shaklida ishlab chiqariladi. Bu pishloqning massasi
10 kg. gacha bo`lib, shirinroq xushbo‗y ta‘mga ega, ko‗pi bilan 2 oyda yetiladi.
Gollandiya pishlog`i. Xamiri ikkinchi marta past haroratda qizdirib, presslab olingan
qattiq shirdon pishloqdir. Bunday ishlov berish pishloq massasida ko'proq zardob
qolishini ta‘minlaydi, sut kislotasi bakteriyalarining yaxshiroq va tezroq rivojlanishiga
hamda qisqa muddatda (3 oygacha) yetilishiga yordam beradi.
Bu turkum pishloqlar sut kislotasi streptokokklari va proteolitik fermentlar
yordamida yetiladi. Sut kislotasi streptokokklari va proteolitik fermentlarining faolligi
sustroq bo`lganligi uchun pishloqlarda kamroq miqdorda erkin aminokislotalar hosil
bo`ladi. Ularda ko'proq zardob qolganligi sababli ta‘mi nordonroq.
Yumshoqroq ko‗rinishi dumaloq, g'ovasimon shaklda. Dumaloq pishloqlar kichik
(0,4—0,5 kg) va katta massalarda (2—2,5 kg) ishlab chiqariladi. G‗ovasimon shakldagi
Golland pishloqlari tarkibida yog‗ miqdori 50 %ni, tuz esa 2,1—3 %ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |