ham qattiq pishloqlar singari tayyorlanadi. Tayyorlash jarayonida ikkilamchi qizdirilis h
harorati past bo'lganligi hamda ular o'z-o'zidan presslanganligi sababli namligi ko'p
bo'ladi. Bu pishloqlarning yetilishida sut kislotasi hosil qiluvchi bakte - ljiyalardan
tashqari, uning yuzasida rivojlanadigan shilliq modda paydo etuvchi bakteriyalar ham
ishtirok etadi. Ikki oy davomida to'la yetiladi va bu davrda oqsillar ammiak ajratib
parchalanadi. Shu sababli bu pishloqlar o'ziga xos ammiak mazasi va hidi bilan
boshqalardan ajralib turadi.
Latviya pishlog'i massasi 2,0-2,5 kg, kvadrat asosli, g'o'la shaklida, yuzasi quruq, artib
tashlangan shilliqlik va mog'or izi qolgan, konsistensiyasi mayin, rangi oqdan sal
sarg'ishgacha, ta‘mi o'tkir. Bu pishloq parafinlanmasdan, pergament qog'ozlariga o'raladi.
Pikantniy pishlog'i massasi 3—4 kg, to'g'ri burchakli, g'o'la shakllarida bo'ladi.
Tarkibidagi yog' 55 %, suv 40 %ni, tuz miqdori esa 2 —2,3 %ni tashkil etadi. Yetilish
muddati 30 kun.
Kaunas pishlog'i massasi 1,5—2 kg. pastak silindr shakliga ega. Ta‘mi sal nordonroq,
ozgina ammiak hidi kelib turadi. Tark ibida yog' 30 %ni, namlik 53 %ni, tuz miqdori esa
2,5 %ni tashkil etadi. Pishloq 35 kunda yetiladi.
Klaypeda pishlog'i massasi 3,8—5,0 kg, pastak silindr shaklida, hidi va ta‘mi Kaunas
pishlog'inikiga o'xshaydi. Pishloqda yog' miqdori^ kam, ya‘ni 20 %ni, n amlik esa 56 %ni
tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: