Kasbiy ta‟lim fakulteti mehnat ta‟limi va chizmachilik kafedrasi
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
sut bo'cha
Eritilgan sariyog
` sut yog‗larining konsentrati hisobanadi. Bu xildagilar asosan ta‘mi va konsistensiyasida ma‘lum nuqsonlari bor sariyog'larni 70—90°C haroratda eritish natijasida olinadi. O'ziga xos ta'm va hidga ega, rangi hamma jo yida bir xil, oqdan sariq ranggacha bo'ladi. Eritilganda tiniq, cho'kindisiz bo'lishi lozim. Tarkibidagi yog' miqdori kamida 99 %ni. suv esa ko'pi bilan 1 %ni tashkil etishi kerak.
Sariyog'ning sifati kimyoviy va organoleptik ko'rsatkichlar asosida baholanadi. Asosiy kimyoviy ko'rsatkichlariga suv, yog‗, yog'siz quruq moddalar va tuzlar kiradi. Bu ko'rsatkichlar GOST 37-91 raqamli Hamdo'stlik mamlakatlari standartlari talablariga javob berishi kerak. Sariyog'ning sifatini tekshirish, awalo, u joylangan idishlarning holatini ko'zdan kechirish bilan boshlanadi. Idishlar toza, mexanik shikastlanmagan, sariyog 1 idishga zich joylashgan, idishlar tamg'alangan bo'lishi kerak. Keyin esa sifat ekspertizasini o'tkazish uchun kerakli me‘yoriy hujjatlari talabiga asosan ulardan o'rtacha namunalar olinadi va laboratoriyaga kelt irilib, kimyoviy hamda organoleptik ko'rsatkichlari aniqlanadi. Ko'rsatkichlar bo'yicha tuzsiz, tuzlangan, «Lyubitelskiy», shuningdek, eritilgan sariyog' oliy va 1-navlarga bo'linadi. Boshqa turlari esa navlarga ajratilmaydi GOST 37 -55 raqami bo'yicha sariyog'laming organoleptik ko'rsatkichlari 100 balli tizimida aniqlanar edi. Yangi qabul qilingan hamdo'stlik mamlakatlarining xalqaro standarti GOST 37 -91 raqamida esa sariyog'ning sifati 20 balli tizimda aniqlanishi ko'rsatilgan. Bunda asosiy organoleptik ko'rsatkichlarga quyidagi ballar beriladi: sariyog'ning umumiy ball ko'rsatkichi 13 dan 20 ballgacha bo'lsa oliy navga, 6 dan 12 ballgacha bo'lsa 1 -navga kiritiladi. Umumiy ko'rsatkichi 6 balldan kam bo'lgan sariyog' nostandart deb topiladi va sotuvga chiqa rilmaydi: Ta‘mi va hidi 10 Konsistensiyasi, tashqi ko'rinishi ^ va ishlanganligi Rangi 2 O'rab-joylanishi 3
Jami: 20 ball Oliy navli sariyog'ning ta‘mi hamda hidi sof, aynan shu turga xos, yoqimli bo'lishi, begona ta‘m va hidlardan xoli bo'lishi lozim. Konsistensiyasi 10—12°C da zich, bir jinsli, kesimi sal yaltiroq, oqdan sariq ranggacha bo'ladi. Agar sariyog'ga qo'shimchalar qo'shilgan bo'lsa, uning rangi ham qo'shimchalar rangiga mos bo'lishi kerak. Eritilgan sariyog'ning konsistensiyasi esa mayda donador holatda bo'ladi. Birinchi navligida biroz kamchiliklar bo'lishiga yo'l qo'yiladi. Organoleptik va fizik -kimyoviy ko'rsatkichlari bo'yicha standart talabiga javob bermagan, taxir ta‘mli, mog'orlagan, aynigan hidi sezilib turgan sar iyog' sotuvga ruxsat etilmaydi. Sariyog'ning saqlanuvchanligi ularning turiga va o'rab-joylanishiga bog'liq bo'ladi. Pergament to'shalgan yog'och karton qutilarga zichlanib, 20 -25 kg massada joylanadi. Tez sotilishga mo'ljallangan sariyog'lar esa mashinala rda pergament yoki kashirovka qilingan folgaga 100, 200, 250, 500 g massada qadoqlanadi. Qadoqlangan sariyog'lar muzlatkichlarga jo'natishga qadar omborxonalarda 3-5-6°C da saqlanadi. Ularning omborxonalarda saqlanish muddati 5 kundan oshmasligi, tashiganda ifloslanishdan va issiq harorat ta‘siridan saqlanishi kerak. O'ziga begona hidlarni tezda singdirib olish xususiyatiga ega bo'lganligi sababli toza, ozoda vositalarida tashish tavsiya etiladi. Sariyog'larning uzoq saqlanishini ta‘minlash uchun esa ular maxsus muzlatkichlarda saqlanadi 12-5 -18°C da 3-oygacha, -20-5- - 24°C da esa bir yil va undan ham ortiq muddatda saqlanishi mumkin. Uzoq saqlagan paytda ularning ta‘mi va hidi saqlanayotgan haroratga bog'liq holda o'zgarib boradi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling