Kasbiy ta‟lim fakulteti mehnat ta‟limi va chizmachilik kafedrasi
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
sut bo'cha
«Vologodskiy» sariyog‘i — yuqori haroratda (98°C) pasterizatsiyalangan qaymoqdan
olinadi. Boshqa turdagi sariyog 4 lardan qovurilgan yong ` oq ta‘mi borligi bilan ajralib turadi «Vologodskiy» sariyog‗ini ishlab chiqarish uchun faqat yuqori sifatli, 1-nav talabiga javob beradigan qaymoq va sutlar ishlatiladi. Tarkibida yog ` miqdori kamida 82,5 %ni, suv miqdori esa ko'pi bilan 16 %ni tashkil etishi kerak. Tarkibida sut plazmasi yuqori bo`lgan sariyog`larga «Lyubitelskiy», «Bashkirskiy», «Krestyankiy», «Buterbrodniy» turlari kiradi. Bularni tayyorlash texnologiyasi shirin va nordon sariyog‗larni ishlab chiqarishdan deyarli farq qilmaydi, faqat yog‗liligi va tarkibidagi suv miqdori bo‗yicha bir-biridan ma‘lum darajada farqlanadi. Masalan, «Lyubitelskiy», sariyog‗i tarkibida yog‗ miqdori kamida 78 %ni, suv ko‗pi bilan 20 %ni, «Krestyanskiy»ning yog‗lilik darajasi 72,5 %ni, suv esa 25 %ni tashkil etadi. Sut yog‗i o‗simlik moyi bilan almashtirilgan sariyog‗larga «Diyeticheskiy», «Slavyanskiy», «Detskiy» va «Osobiy» turlari kiradi. Bu sariyog‗lami ishlab chiqarishdan maqsad, sariyog 1 tarkibidagi inson organizmi uchun juda zarur bo‗lgan to‗yinmagan yog‗ kislotalari tizimini muvozanatlashtirish, A vitamini va karotinlar bilan yana da boyitish orqali parhezlik hamda shifobaxshlik xususiyatlarini yanada oshirishdan iboratdir. Ularni ishlab chiqarishda, asosan, yuqori darajada hazm bo`lish xususiyatiga ega, tozalangan va dezodoratsiya qilingan o‗simlik moylari ishlatiladi. Lazzatli qo‗shimchalar qo‗shilgan sariyog`larga shokoladli, meva-rezavorli, asalli turlarni kiritish mumkin. Ularning ozuqaviy va biologik quvvati yuqori bo‗lib, o‗ziga xos ta'm va hidga ega. Boshqa sariyog ` lardan tarkibida nisbatan kam ―miqdorda yog‗ bo‗lishi bilan tavsiflanadi. Shokoladli sariyog ` kakao-tolqoni, qand, vanilin qo‗shib tayyorlanadi. Uning tarkibida yog‗ miqdori 62 %rtr, namlik 16 %ni, qand 18 %ni, какао tolqoni 2 %ni tashkil etadi. Meva-rezavorli sariyog‗lar tayyorlashda esa qo‗shimcha xomashyo sifatida ho‗l mevalar va ularning sharbatlari ishlatiladi. Bu sariyog 1 vitaminlarga boy hisoblanib, yog'liligi kamida 52 % bo‗ladi. Asalli sariyog‗lar ishlab chiqarishda 7 %gacha asal va 18 %gacha qand qo‗shiladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling