Qaymoqni sovitish va yetiltirish .Pasterizatsiyalangan qaymoq tezda 18°C gacha
sovitiladi. Sovitishdan maqsad tirik qolgan mikroorganizmlar faoliya tini to'xtatish va
qaymoqdagi pasterizatsiya qilingan mahsulotga xos ta‘mni saqlab qolishdir: Kerakli
darajadagi qattiqlikka ega bo‗lgan sariyog
`
olish va zardobga chiqib ketadigan yog‗ miqdorini
kamaytirish maqsadida pasterizatsiya qilingan qaymoq 2 -4°C li haroratda yetilishi uchun bir
necha soat ushlab turiladi. Nordon sariyog`lar ishlab chiqarishda esa sovitilgan qaymoqda sut
kislota bakteriyalari tomizg‗isi qo‗shiladi. Natijada, qaymoqda sut kislotasi va sariyog'ga
xushbo‗ylilik beruvchi moddalar (diasetil, etilasetat, atsetataldegid) hosil bo‗ladi. Bunday
sariyog‗lardan xushbo‗y hid va sal nordonroq ta‘m kelib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |