Sutni ivitishga tayyorlash. Bu yetiltirish, yog'liligi bo'yicha ma‘lum me‘yorga
keltirish, pasterizatsiya qilish, kerakli moddalami qo 'shish jarayonlarini o'z ichiga oladi.
Awalo, qabul qilib olingan sutning texnologik xususiyatlarini yaxshilash maqsadida 10 -
12°C da ma‘lum vaqt davomida ushlab turish yo'li bilan yetiltiriladi. Jarayon davomida
sutda eruvchan oqsil moddalar miqdori oshadi, 1-2°T ga nordonliligi ko'payib, uning
kolloid-kimyoviy va quyqa hosil bo'lish xususiyatlari yaxshilanadi. So'ngra pishloq
qanday yog'lilikda tayyorlanishiga qarab, qaymoq yoki sut qo'shilib, yog'liligi ma‘lum
me‘yorga keltiriladi.
Pishloq tayyorlashda zarur bo'lgan jarayonlardan biri sutga harorat bilan ishlo v
berish, ya‘ni pasterizatsiya qilish hisoblanadi. Qattiq shirdon pishloqlari tayyorlashda,
faqaf Shveysariya pishloqlari pasterizatsiyalanmaydi. Sut 71 -72°C da 15-20 soniya
davomida pasterizatsiya qilinadi. Bu sutning kerakli zichlikdagi, yaxshi quyqa hosil
bo'lishini ta‘minlash uchun kalsiy xlor tuzi eritmasini qo'shish mumkin. Eritma shirdon
fermentlari faoliyatini yaxshila b, quyqa hosil bo'lish jarayonlarini tezlashtiradi. Qish
paytlari pishloqlarning rangini ta‘minlash uchun o'simliklardan olingan, suvda eruvchi
bo'yoqlar qo‗shilishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |