Kasbiy ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi Satimov Asadbekning


Download 104.15 Kb.
bet1/2
Sana01.03.2023
Hajmi104.15 Kb.
#1242558
  1   2
Bog'liq
mustaqil ishlar ijodiy


AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI NUKUS FILIALI


TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASBIY TA’LIM FAKULTETI


Kasbiy ta’lim yo’nalishi


4-kurs talabasi Satimov Asadbekning

Ijodiy ta’lim fanidan


Mustaqil ishlari

Topshirdi: Satimov A


Qabul qildi: Omarova X

Nukus-2022


Mustaqil ish mavzulari:



  1. Xorijiy davlatlar ta’lim tizimida kreativ ta’limning o’rni to’g’risida tahliliy maqola tayyorlash

  2. Kreativ pedagogikaning amaliy ahamiyati. tahliliy tezis tayyorlash

  3. Gumanitar fanlarni olib borishda qo’llaniladigan kreativ metodlar tahlili

  4. Aniq fanlarni olub borishda qo’llaniladigan kreativ metodlar tahlili

  5. “Raqamli jamiyatda men va ICT” mavzusida doklad tayyorlash

  6. Kreativ metodlar yoritilgan online platformalar tahlili keltirilgan doklad tayyorlash

  7. Bo’lajak mutaxassislarda kreativ kompetentlikni aniqlashga qaratilgan online va offline web sahifalar tahlili

  8. Bo’lajak mutaxassislarda kreativ kompetentlikni aniqlashga qaratilgan online va offline web sahifalar tahlili. Talabalar portifilolarini shakllantirish va amaliyotga tatbiq etish.

1-Mustaqil ish


Mavzu: Xorijiy davlatlar ta’lim tizimida kreativ ta’limning o’rni to’g’risida tahliliy maqola tayyorlash
Reja:



  1. Kreativlik tushunchasining mohiyati.

  2. Kreativlik tushunchasining o’rganilishi hamda kreativ

pedagogikaning nazariy asoslari haqida

AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi mamlakatlar tajribasi ta‘lim tizimini rivojlantirishga alohida e‘tiborning qaratilishi, uning jamiyat tomonidan moddiy va ma‘naviy qo‘llab-quvvatlanishi soha rivojlanishini ta‘minlashda yetakchi omil ekanligini tasdiqlamoqda. Shu bois O‘zbekistonda ham ta’lim tizimini rivojlantirish, uni jahon standartlari darajasiga ko‘tarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e‘tirof etildi va ana shu maqsadda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish ijtimoiy maqsad etib belgilandi. Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati. “Kreativlik” tushunchasi o‘zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G‘arb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida noan’anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil-mutoyiba tuyg‘usi va erkinlik mavjud bo‘lishiga e’tiborni qaratadilar. Garchi g‘arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha bo‘lsa-da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar. Ko‘pgina pedagoglar o‘zlarida kreativlik qobiliyatini mavjud emas, deb hisoblaydilar. Buni ikki xil sabab bilan asoslash mumkin: -birinchidan, aksariyat o‘qituvchilar ham aslida “kreativlik” tushunchasi qanday ma‘noni anglatishini yetarlicha izohlay olmaydilar; -ikkinchidan, kreativlik negizida bevosita qanday sifatlar aks etishidan bexabarlar. Ayni o‘rinda shuni alohida qayd etib o‘tish joizki, har bir shaxs tabiatan kreativlik qobiliyatiga ega. Xo‘sh, o‘qituvchilar o‘zlarida kreativlik qobiliyati mavjudligini qanday namoyon eta olishlari mumkin. Bu o‘rinda Patti Drapeau shunday maslahat beradi: “Garchi o‘zingizni kreativ emasman deb hisoblasangizda, hozirdanoq kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan darslarni tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman.


Zamonaviy pedagogikada “kreativ pedagogika” tushunchasi qo‘llanila boshlaganiga hali u qadar ko‘p vaqt bo‘lmadi. Biroq, o‘qitish jarayoniga innovatsion hamda ijodkorlik yondashuvlarini qaror toptirishga bo‘lgan ehtiyoj “Kreativ pedagogika”ning pedagogic turkum fanlar orasida mustaqil predmet sifatida shakllanishini ta‘minladi. Ushbu predmet asoslarini pedagogika tarixi, umumiy va kasbiy pedagogika hamda psixologiya, xususiy fanlarni o‘qitish metodikasi, ta‘lim texnologiyasi va kasbiy etika kabi fanlarning metodologik g‘oyalari tashkil etadi. “Kreativ pedagogika” fanining umumiy asoslari mutaxassis, shu jumladan, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kamol topishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratishga xizmat qiladi.
Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy jarayon tarzida namoyon bo‘ladi. Kasbiy yetuklik inson ontogenezining muhim davrlari kasbiy kamol topish, rivojlanish g‘oyalarining qaror topishi (14-17 yosh)dan boshlanib, kasbiy faoliyatning yakunlanishi (55-60 yosh)gacha bo‘lgan jarayonda kechadi.
Ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o‘zgarishining o‘zaro mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson ontogenezi – tug‘ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog‘liq.
2-Mustaqil ish
Mavzu: Kreativ pedagogikaning amaliy ahamiyati. tahliliy tezis tayyorlash
Reja:

2.Kreativ pedagogikaning maqsadi, vazifalari, obyekti va predmeti.


3.Kreativ pedagogikaning tarkibiy tuzilmasi va asosiy kategoriyalari.

Ta’lim tizimini boshqarish organlari har yili ta’lim muassasalarida yuqori samaradorlikka erishishga e’tibor qaratadi. Ana shu maqsadda o‘quv dasturini ishlab chiqiladi, yangi o‘quv darsliklari yaratiladi. Bu esa ham talabalar, ham o‘qituvchilarni kasbiy o‘sishlariga yordam beradi. Olib boriladigan amaliy harakatlar talabalarda yutuqlarga erishish, olg‘a intilishga bo‘lgan ehtiyojni muayyan arajada yuzaga keltiradi, ularning o‘quv-bilish qobiliyatlarini bir qadar rivojlantirishga yordam beradi.


Biroq, o‘quv yilining oxirida kelib oliy ta’lim muassasalarida talabalarning fanlarni o‘zlashtirishlarida yuqori darajadagi ijobiy natijalar kuzatilmayapti. Ko‘plab talabalarning ta’lim olishga nisbatan qiziqishi yo‘qolgan. Buning natijasida o‘qituvchilar ham avvalgidek zavqu shavq bilan kasbiy faoliyatni tashkil etishni o‘ylashmayapti. Ta’lim tizimini boshqaruvchi organlar ta’lim olishga nisbatan xohish-istagi bo‘lmagan talabalar, bu kabi ta’lim oluvchilarni o‘qitishni istamayotgan o‘qituvchilar faoliyatini o‘zgartirish borasida yangidan-yangi chora-tadbirlar belgilansa-da, ahvol o‘zgarishsiz qolmoqda.
Buning sababi nimada? Balki darslarning avvaldan o‘ylab, rejalashtirilib qo‘yilishi talabalar uchun qiziq bo‘lmayotgandir, balki balki ta’lim mazmunining muayyan qolipga solinganligi talabalar uchun hech qanday stimul bermayotgandir, rag‘bat bildirmayotgandir. O‘quv mashg‘ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, talabalarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, yangi g‘oyalarni o‘ylab topishga majbur qilish ta’lim olishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag‘batlantirishda asosiy omil bo‘lar. O‘quv mashg‘ulotlarida yetishmayotgan omil – kreativlik sanaladi .
Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining ma’noni tushunib olish talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga ko‘ra, “kreativlik – o‘z qiymatiga ega original g‘oyalar majmui” (Azzam, 2009 y.) sanaladi. Gardner esa o‘z tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi: “Kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo‘lib, u o‘zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lum amaliy qiymatga ega bo‘lishi lozim”. Emebayl (1989 y.)ning yondashuvi nuqtai nazaridan ifodalansa, kreativlik “muayyan soha bo‘yicha o‘zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lish” demakdir.
Ko‘plab tadqiqotlarda intellekt va kreativlik o‘rtasidagi aloqadorlik xususida turlicha qarashlar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilar ular o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q ekanligini uqtirsalar, ikkinchi guruh vakillari kretivlik va intellekt darajasi bir-biriga bog‘liq ekanligini ta’kidlaydilar (Kim, 2005 y.).
“Kreativlik” tushunchasi o‘zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G‘arb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida noan’anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil- mutoyiba tuyg‘usi va erkinlik mavjud bo‘lishiga e’tiborni qaratadilar (Myordok, Ganim, 1993 y.; Shternberg, 1985 y.). Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug‘ilish jarayoni, deb tushunadilar (Xui, Sternberg, 2002 y.; Rudovich, Xui, 1997 y.; Rudovich, Yue, 2000 y.). Garchi g‘arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha bo‘lsa-da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar (Kaufman, Lan, 2012 y.).
Ko‘pgina o‘qituvchilar o‘zlarida kreativlik qobiliyatini mavjud emas, deb hisoblaydilar. Buni ikki xil sabab bilan asoslash mumkin: birinchidan, aksariyat o‘qituvchilar ham aslida “kreativlik” tushunchasi qanday ma’noni anglatishini yetarlicha izohlay olmaydilar; ikkinchidan, kreativlik negizida bevosita qanday sifatlar aks etishidan bexabarlar.
3-Mustaqil ish
Mavzu: Gumanitar fanlarni olib borishda qo’llaniladigan kreativ metodlar tahlili.
Reja:

2. Gumanitar fanlarni olib borishda qo’llaniladigan kreativ metodlar.


3. Gumanitar fanlarni olib borishda qo’llaniladigan kreativ metodlar tahlili.
Oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy-gumanitar fanlar orasida qanday mutaxassis yo‘nalishida tahsil olishidan qa’tiy nazar talabaning yetuk shaxs va faol dunyoqarashga ega fuqaro bo’lib yetishishida, fikrlashning to‘g‘ri shakllanishida tarix fanlari aloxida rol o'ynaydi. Bu masalaga prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan ham aloxida ahamiyat berilmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 iyun kuni «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Ushbu qaror «O‘zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini tadqiq etish va o‘qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik, ma'rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fanning ta'lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish borasida ilmiy, madaniy, ta'lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda, avvalambor umumta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o‘quvchilarida, oliy o‘quv muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirish maqsadida» qabul qilingan. Aynan shu qaror samarasi sifatida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini bakalavr yo‘nalishlarga fan sifatida o‘tilishini ta’minlash maqsadida darsliklar ishlab chiqilmoqda. So‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini yaxshilash va rivojlantirish maqsadida talabalarning mutaxassis fanlariga berilayotgan e’tiborning kuchayishi ortidan tarix fanlari nomutaxassis fanlar qatorida soat hajmi jihatidan qisqarib boryotgani o‘qituvchi-pedagog tomonidan fanning to‘liq mazmunini yoritib berish va talab darajasida bilimlarni yetkazib berish uchun yangi va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish zamon talabiga aylanib bormoqda. Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egalashga orgatib kelingandi. Bunday usul talaba (yoki o`quvchi) larda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so`ndirar edi. Endi o`quv jarayonini yangilangan dastur va standart talablariga javob beradigan zamonaviy darslar asosida tashkil etish davri keldi. Boshqacha qilib aytganda zerikarli darslar o`rniga zamonaviy darslarni tashkil etishga ma’suliyat bilan yondashadigan, kasbiy bilimdon, metodik mahoratga ega, ma’suliyatli, interfaol pedagogik texnologiyani mukammal o`zlashtirib olgan, innovatsiyalar asosida ta’limni tashkil eta oladigan o`qituvchilarga talab oshib bormoqda. Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarining oquv tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o`qitish uslublari-interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o`rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularni ta’limda qo`llanishiga oid bilimlar, tajriba talabalarni bilimli va yetuk malakaga ega bo`lishlarini ta’minlaydi. Oliy ta’lim tizimida tarix fanlarini o‘qitish deganda, tarixiy material vositasida talabalarga bilim berish, ularni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash, vatanga muhabbatva kamol toptirish vazifalarini amalga oshirish zarur bo’lgan jarayon, o’qituvchi va o’quvchilarning aqliy (ichki) hamda o’quv harakatlari (tashqi) jarayoni tushuniladi. Tarix fanini nafaqat mutaxassis tarix yo‘nalishi bakalavriati talabalariga balki, boshqa nomutaxassis bakalavriat yo‘nalishlarga o‘tilishi qanchalik ahamiyatli? Oxirgi yillarda O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim soxasini rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar natijasida ko‘plab nomutaxassis fanlar olib tashlanmoqda, lekin aynan tarix fani oliy ta’limda nomutaxassis bakalavriat o‘quv rejalarida saqlab kelinmoqda. Bu holat faqatgina bizning yurtimizdagi jarayon emas, balki juda ko‘plab rivojlangan davlatlarda tarix fani majburiy fanlar ro‘yxatida turadi. Tarix fanini nomutaxassis majburiy fanlar ro‘yxatidan joy olishi XIX asrga borib taqaladi. Aynan shu asrga kelib, tarix fani vujudga kelgan majburiy va zamonaviy o'quv muassasalarining asosiy yo'nalishlaridan biri sifatida namoyon bo'la boshlagan.
4-Mustaqil ish.
Mavzu: Aniq fanlarni olib borishda qo’llaniladigan kreativ metodlar tahlili
Reja:

  1. Ta'lim tizimida aniq fanlarni o'qitishda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish

  2. Aniq fanlar o’quv jarayonida

Mamlakatimiz ta'lim tizimida aniq fanlarni o'qitishda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish dolzarb mavzudir. Axborot texnologiyalari - bu o'quvchilarga nafaqat bilim, ko'nikma va qobiliyatlarni, balki shaxsiy fazilatlarni ham egallashga yordam beradigan va ularning bilimga bo'lgan qiziqishini qondirishga yordam beradigan butun dunyo bo'ylab ta'lim vositasidir. Pedagogik-psixologik tadqiqotlarga ko'ra, axborot texnologiyalari o'quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkurini rivojlantirishga katta ta'sir ko'rsatadi. Jarayonning metaforik tasviri o'quv mazmunini boyitib, o'quvchining u yoki bu hodisani eslab qolishida ilmiy o'zlashtirishga yordam beradi. Ushbu maqolada aniq fanlarni o'qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish haqida so'z boradi.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta'lim tizimi uchun yaratilmagan, ammo aynan shu texnologiyalar ta'lim inqilobiga olib keldi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o'quv jarayoniga joriy etishning asosiy maqsadi bugungi axborot olamiga xos bo'lgan yangi turdagi ta'lim faoliyatining paydo bo'lishiga yordam berishdir. Boshlang'ich ta'lim odatda ta'lim tizimining tamal toshi sifatida tanilgan bo'lib, o'quvchilarning ta'lim sifati unga bog'liq bo'lib, bu boshlang'ich sinf o'qituvchilariga katta mas'uliyat yuklaydi. Uzoq vaqt davomida boshlang'ich maktab "mahorat maktabi" sifatida qaralib, keyingi bilim olish uchun o'quvchi o'qish, yozish va hisoblash kabi asosiy ko'nikmalarni egallashi kerakligini anglatadi. Bu ta'lim bosqichi deb hisoblanadi. Bugungi dunyoda boshlang'ich ta'limga boshqa nuqtai nazardan qaraladi. Bugungi kunda u ta'lim tizimida bolaning birinchi tajribasi — ta'lim olish kuchlarini sinash joyi bo'lib qolishi kerak. Ushbu bosqichda faollikni, mustaqillikni rivojlantirish, idrok etish faolligini saqlab qolish va bola ta'lim dunyosiga shaxdam kirib borishi uchun sharoitlar yaratish, uning salomatligini va emotsional xususiyatlarini mustahkamlash muhim. Bugungi kunda o'quvchilarning aynan mana shu sifatlari ta'lim jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etish bilan rivojlanayotganligining guvohi bo'lmoqdamiz.
O'z faoliyatimizda ta'lim jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etib, ulardan foydalanib va o'quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha ma'lum
tajribalarni to'plab bormoqdamiz. Axborot texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha tajribam an'anaviy dars doirasida axborot texnologiyalarini didaktik jihatdan to'g'ri qo'llanilgan hollarda o'quv jarayonini individuallashtirish va differensatsiyalash uchun cheklanmagan imkoniyatlar paydo bo'lishini ko'rsatdi. Ular o'quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini beradi, mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va ko'nikmalarni egallash va mustahkamlash uchun umuman yangi imkoniyatlar beradi, ta'limning yangi shakllari va metodlarini amalga oshirishga imkon beradi.
Har bir o'quvchida shaxsiy o'quv yo'nalishini rivojlantirishni ta'minlaydi. O'quv jarayonida uni muvaffaqiyatli bilim olish uchun zarur bo'lgan asosiy jarayonlar sifatida fikrlashni, tasavvurni rivojlantirishga yo'naltirilgan katta o'zgarishlar sodir bo'ladi; o'quvchilarning idrok etish faoliyatlarini samarali tashkil qilish ta'minlanadi. axborot texnologiyalaridan foydalanilganda ta'limda shaxsga-yo'naltirilgan yondashuvni amalga oshirish oson bo'lib qoldi, butun o'quv jarayonini samarali tashkil qilish imkoniyati paydo bo'ldi. Dars jarayonida tayyor multimediali mahsulotlari va kompyuter ta'limi dasturlaridan, o'quv va sinfdan tashqari ishlarda Internet tarmog'i vositalaridan foydalanib, multimediali ta'lim dasturlari va taqdimotlar, loyihalar yaratildi. Axborot texnologiyalarini barcha o'quv fanlarda qo'llash mumkin. Darslarda o'quv va o'yin dasturlaridan foydalanish katta samara beradi. Ona tili va Rus tili darslarida savodxonlikni oshirish bo'yicha mashqlar yordam beradi, bunda bolalar kompyuterlarda turli xildagi amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Boshlang'ich sinflar o'quvchilari uchun turli didaktik materiallar to'plamidan foydalanib, ko'rgazmali-mashq, nazorat-mashqlari va test sinovlari modullari kiritilgan aralash kompyuter dasturlarini tayyorlash mumkin. Unga fanga oid qoidalarni joriy o'rganish va umumlashtirilgan takrorlash uchun uchta variantlarda berilgan grammatika-orfografik mavzular bo'yicha boy va turli-tuman materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Yorqin rasmlar, g'aroyib, qiziqarli topshiriqlar kichik yoshdagi o'quvchilarda ona tiliga qiziqishni oshirishga yordam beradi, o'yin shaklida o'quv materiali bilan tanishish imkonini beradi, o'zini nazorat qilish va o'quv refleksiyasi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. Ushbu qo'llanma bo'yicha ta'lim jarayonini differensiatsiyalashga turli darajadagi murakkablikdagi topshiriqlarni tanlab olish yordamida erishiladi. Savodxonlikka o'qitish bo'yicha tematik rejalashtirishni ishlab chiqishda rejalashtirishga tegishli elektron mavzular va bo'limlarni kiritish mumkin.

5-Mustaqil ish.


Mavzu: ”Raqamli jamiyatda men va ICT” mavzusida doklad tayyorlash
Reja:

  1. Raqamli iqtisodiyot

  2. Raqamli jamiyatda men va ICT

Raqamli iqtisodiyot atamasi -1995 yilda Amerikaning Massachusets universiteti informatika sohasidagi olimi N.Negroponte tomonidan kiritilgan. Hozirgi kunda ananaviy iqtisodiyot tushunchasiga tarif beradigan bo'lsak - jamiyatning iqtisodiy faoliyati, shuningdek ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish tizimida shakllanadigan munosabatlarning yig'indisi ekanligini ta'kidlashimiz mumkin. Raqamli iqtisodiyotni paydo bo'lishi va rivojlanishiga birinchi navbatda raqamli texnologiyalrning paydo bo'lishi hamda ular asosini tashkil etuvchi Kompyuter, Internet, mobil telefonlarni keltirishimiz mumkin. Hozirgi kunda ulardan foydalanish "iste'mol" deb hisoblanmoqda, bu holda raqamli iqtisodiyot Internet, mobil aloqa, AKT vositachilik qiladigan iqtisodiy munosabatlarning bir qismi sifatida ifodalanishi aniqlangan.
Raqamli iqtisodiyot - elektron ko'rinishda mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish sohasidagi tijoriy faoliyat turidir. Ya'ni qanchalik ushbu soha rivojlantirilsa, o'z navbatida respublikaning iqtisodiyotiga shuncha ta'sir etadi va borgan sayin YaIM ga qo'shgan hissasi ortib boradi. Shunga ko'ra, u quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • Elektron tijorat, elektron bank, elektron hukumat va elektron pullar.

  • Onlayn interaktiv xizmatlar;

  • Reklama orqali pul ishlab chiqaradigan Web saytlar;

  • Internet-media (ovoz yozish, kino, matbuot, nashriyot);

  • O'yin-hordiq va biznes dasturlarini yaratish

Raqamli iqtisodiyotga o'tish hamma davlatlarda boshlangan chunki Internetning tijoratlashuvi ushbu tizimni hamma davlatlariga kirib borganligi mobil tehnologiyalardan foydalanilayotganliklari bunga yaqqol misol bo'la oladi.
Davlatlarda raqamli tehnologiylardan foydalanish va ularning kirib borganlik darajasi ushbu davlatlarda raqamli tengsizlik indeksidagi o'rni va raqamli tehnologiya, raqamli iqtisodiyotini qanchalik rivojlanganligidan darak beradi. Buni Telekommunikatsiya, Mobil tehnologiyalar Internet va elektron hukumatini rivojlanganligi holatini Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) statistikalaridan bilib olish mumkin.. Ushbu indekslarda rivojlangan kopgina davlatlar deyarli o'zlarining hamma sohalariga AKT ni kiritib bo'lishgan va endi ular oldida turgan masala qanday qilib ulardan foydalangan holda foyda olish va davlat iqtisodiyotining YaIM dagi raqamli tehnologiyalar ulushini oshirish bo'yicha ishlar amalga oshirishni rejalashtirib bajarishlari kerakligi haqida izlanish olib bormoqdalar.
Bu ishlar natijasda davlatlardagi ananviy mavjud bo'lgan iqtisod transformatsiya (o'zgarish) bolishni boshlaydi. Ushbu o'zgarishlarga:

  • Iqtisodiyotning bozor -iqtisodiyoti asosida faoliyat olib borayotgan korxonalar yangi ish va faoliyatlarning paydo bo'lishi;

  • An'anaviy tarmoqlarni raqamlashtirilishi

Raqamli iqtisodiyot va uni respublikamizda shakllantirishning quyidagi yo'nalishlarini keltirish mumkin. Bu yo'nalishlar ilmiy izlanuvchilar va shu sohaga tegishli mutaxassislar tomonidan taklif qilingan: Texnologik, jarayon va platforma kabi sohalar kiradi.
Texnologik yondashuv - yangi texnologiyalarni yaratish va mavjudini rivojlantirishni o'z ichiga oladi. Bularga asosan: tarmoqlar (Internet, Intranet), bulutli hisoblash va katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash, taqsimlangan resurslar va ommaviylashib borayotgan kvant texnologiyalari, raqamli loyihalash va modellashtirish, mashinalarni o'rgatish va sun'iy aql (nutq va tasvirni aniqlash, matnni tarjima qilish va tasvirni yaratish, nutq va musiqiy kompozitsiyalar avlodlari va boshqalar), robototexnika, buyumlar (narsalar) Interneti, 3D Printerlar va boshqalar. Ya'ni ushbu yo'nalishni rivojlantirish uchun birinchi navbatda Internet texnologiyasini kirib borish darajasini oshirish lozim. Hozirgi kunda aynan shu jarayonni rivojlantirish ishlarini mamlakatimizdagi turli ma]nbalardan ko'rishimiz mumkin.
Jarayonlari va platformalar - Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish jarayonlari va platformalari yondashuvi tashkilotlarda va ularning biznes modellarining o'zgarishini anglatadi. Bunda Biznes jarayondagi ketma-ket bajariladigan ishlar BPR-Biznes process reingineering asosida qayta ko'rib chiqiladi va optimallashtiriladi. Bunga yaqqol misol elektron hukumati https://my.gov.uz , https://pm.gov.uz va https://my.soliq.uz kabi portalini misol tariqasida keltirish mumkin. Bu portaldagi hizmatlar asosan a'nanaviy usulda murojat bo'ladigan holatlarni "raqamli" ko'rinishga transformatsiya qilinib BPR texnologiyasini qo'llab, ommaga optimal tarzda davlat xizmatlarini taqdim etib kelmoqda. Hozirgi kunda respublikamizdagi biznes tizimlarini tahlil qiladigan bo'lsak tizimlarning aksariyat qismi birinchi avlodning biznes-axborot tizimi modeli - 1.0 asosida tashkil qilingan va 2.0 avlod biznes axborot tizimiga o'tish ishlari boshlab yuborilgan. Ushbu 2.0 avlod biznes axborot tizimlari modelida Internetga o'tishda asosiy e'tibor turli biznes analitika vositalari orqali turli tahlillar, shu jumladan o'zaro faoliyat, bulutli va aqilli hisoblashlar, mashinalarni o'rgatish vositalaridan foydalanishga o'tishmoqda.

6- mustaqil ish


Mavzu: Kreativ metodlar yoritilgan online platformalar tahlili keltirilgan doklad tayyorlash
Kreativ yondashuv va yutuqlar dunyo boʻylab fan va texnologiyadan tortib, falsafa, sanʼat va gumanitar fanlar kabi turli sohalarda insoniyat tamaddunini ilgari surgan (Hennessey va Amabile, 2010). Demak, kreativ fikrlash shunchaki tasodifiy gʻoyalar berishdan kattaroq narsadir. U insonga baʼzan murakkab sharoitlarda, yanada yaxs hiroq natijaga erishishga im kon beruvchi bilim va tajribaga asoslangan real koʻnikmadir. Butun dunyoda jamiyatlar va tashkilotlar muammolarni hal etishda innovatsion bilim va yaratuvchanlikka tobora ehtiyoj sezmoqdalar (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT), 2010 ), bu esa, oʻz navbatida, jamoaviy ish boʻlgan innovatsiya va kreativ fikrlash ahamiyatini yanada kuchaytirmoqda.
PISA diqqatni oʻn besh yoshli oʻquvchilardan mantiqan kutish mumkin boʻlgan kreativ fikrlash jarayonlariga qaratadi. Uning maqsadi oʻta ijodkor shaxslarni aniqlab olish emas, balki gʻoyalarni ifoda etish va aniqlashda oʻquvchilar naqadar kreativ fikrlay olishini, bu koʻnikma, oʻz navbatida, oʻquv jarayoniga, maktab faoliyatiga va taʼlim tizimining boshqa jihatlariga qanday bogʻliq ekanligini tahlil qilishdir.
PISA tadqiqotidan koʻzlangan asosiy maqsad, taʼlim siyosati va tizimiga yaqqol natijalarga ega, oʻquvchilarning kreativ fikrlash borasida xalqaro taqqoslash mumkin boʻlgan maʼlumotni taqdim etishdir. Topshiriq ostidagi kreativ fikrlash jarayoni taʼlim orqali takomillashtirishga moyil boʻlishi kerak; taʼlim jarayoni kontekstidagi ushbu fikrlash jarayonining turli yordamchi omillari aniq belgilanishi va baholashdagi koʻrsatkichlarga bogʻliq boʻlishi kerak; baholashda ishlatilgan soha mazmuni (kontenti) oddiy oʻrta maktabda oʻtiladigan fanlarga chambarchas bogʻliq boʻlishi kerak; baholash maktab va hayotda ijodiy yutuqlar borasida prognozlashtirish qiymatiga ega boʻlishi uchun, testlar ham oʻquvchi kundalik hayotida, ham sinfda, ham tashqarida, mashgʻul boʻlgan real faoliyatlarga o‘xshashi zarur.
PISA tadqiqotida kreativ fikrlash yordamchi omillarining murakkab turkumi borasida maʼlumot yigʻish qiyin, lekin amalga oshirsa boʻladigan ishdir. PISA ikki qismdan iborat: test va so‘rovnoma. Test qismi oʻquvchilar gʻoya berish, uni tahlil etish va takomillashtirish bilan bogʻliq vazifalarda oʻzlarining ijodiy yondashuv kognitiv jarayonlarini naqadar ishga sola olishlari haqida maʼlumot beradi. So‘rovnoma ushbu maʼlumotni oʻquvchi kreativ fikrlashining boshqa yordamchi omillari borasidagi maʼlumot bilan, jumladan, ijodiy yondashuv (ochiqlik, maqsad sari ishtiyoq va ishonch), maktab muhiti haqidagi tasavvurlari, maktab va uning tashqarisida shugʻullanadigan faoliyat kabi maʼlumotlar bilan toʻldiradi.
Baholashda baʼzi yordamchi omillar boshqalariga qaraganda yaxshiroq yoritilgan. Masalan, hamkorlikda ishlash koʻnikmasi ijodiy fikrlashning muhim yordamchi omili boʻlsa ham, tashkiliy va texnik muammolar sababli u PISA tadqiqotida toʻgʻridan toʻgʻri oʻlchanmaydi. Qanday boʻlmasin, ushbu uslubiyatda hamkorlikda ishlay olish koʻnikmasi muhim shaxsiy koʻmaklashuvchi omil sifatida tan olingan.
Adabiyotlarda taʼkidlanishicha, kreativ fikrlashni baholashda qancha koʻp domenlar qamrab olinsa, konstruktning qamrab olishi shuncha lik yaxshi boʻladi. Lekin PISA tadqiqotining baʼzi amaliy va logistik cheklov lari PISA dasturiga kiritilgan ehtimoliy domenlarga (sohalarga) taʼsir koʻrsatadi.
Shulardan birinchisi, test qilinayotganlarning yoshi bilan bogʻliq. PISA tadqiqotining maqsadli auditoriyasi (15 yoshli oʻquvchilar) cheklangan bilim va hayotiy tajribaga ega boʻlganini hisobga olsak, baholash uchun tanlangan domenlar dunyodagi barcha oʻquvchilarga xos boʻlgan (chizish, yozish yoki muammoni yechish kabi) bilim va tajribalarga asoslangan boʻlishi kerak. Sinalayotgan domen (va unga bogʻliq vazifalar) 15 yoshli oʻquvchining ushbu kontekstda namoyon etishi mumkin boʻlgan kreativ fikrlashining real ifodasini ham aks ettirishi kerak.
Ikkinchi cheklov sinov uchun ajratilgan vaqt bilan bogʻliq. Amaldagi PISA baholashining tuzilishiga koʻra, oʻquvchilarning kreativ fikrlashini baholash uchun test sinoviga bir soat ajratiladi. Bu har qaysi domen bo‘yicha yetarlicha maʼlumot hajmi yigʻilishi uchun, ehtimoliy domenlar soni cheklanishi kerak deganidir. PISA tadqiqotining maqsadi individual test natijalari emas, balki mamlakat darajasida test natijalarini taqqoslash koʻrsatkichlarini taqdim etish boʻlgani uchun, turli shakldagi testlarni almashtirib qoʻllash mumkin. Bunda oʻquvchilar domen ichidagi vazifalarning turli qorishmasini (baʼzi tasodifiy oʻxshashliklar boʻlishi mumkin) yechadilar. Qanday boʻlmasin, har bir domenda oʻquvchilarning mamlakat darajasidagi test natijalari borasida ishonchli koʻrsatkichlarni olishlarini taʼminlash har bir domen doirasidagi vazifaga yetarlicha vaqt ajratilishini taqozo etadi va baholashda qamrab olinishi mumkin boʻlgan vazifalar sonini cheklashga majbur etadi.
Uchinchi cheklov ijodiy fikrlashning sinovini odatiy PISA test olish platformasida amalga oshirish majburiyati bilan bogʻliq. PISA sinovlari standart kompyuterda amalga oshiriladi, ularda na sensor paneli (tachskrin) bor, na Internet aloqasi. Platforma hozirda javob kiritishning turli shakllarini amalga oshiradi, jumladan, bir nechta javobni tanlash, matn kiritish, siljitib belgilash, xot-spot (matn yoki rasm ichidagi maydonga bosish), chat interfeysi, interaktiv diagramma va grafiklar.

8-Mustaqil ish


Mavzu: Bo’lajak mutaxassislarda kreativ kompetentlikni aniqlashga qaratilgan online va offline web sahifalar tahlili. Talabalar portifilolarini shakllantirish va amaliyotga tatbiq etish.
Ta‘lim-tarbiya jarayonlarini modernizatsiyalashtirish ijodiy fikrlovchi, ta‘limning zamonaviy metod va texnologiyalarini, pedagogik-psixologik diagnostika usullarini, aniq amaliy faoliyat asosida pedagogik jarayonni mustaqil loyihalash usullarini qo’llay oladigan pedagoglar tarkibini shakllantirishni talab etadi.
Hozirgi kunda pedagoglarga nisbatan o’zining samarali faoliyatini tashkil qilishda o’quv, ilmiy hamda madaniy-ma‘rifiy tadbirlarni to’g’ri rejalashtirishi va amalga oshirishi, kasbiy pedagogik mahoratini uzluksiz oshirib borishda o’zgarib boruvchi zamonaviy talablarga tezkor ravishda moslashib borish kabi talablar qo’yilmoqda. Chunonchi, pedagog kadrlarning ta‘lim tarbiya jarayonlaridagi raqobatbardoshligi uning ilg’or ta‘lim texnologiyalarini o’zlashtirish qobiliyati, o’zgaruvchan hamda oshib borayotgan kasbiy talablarga moslasha olishiga bog’liq.
Bugungi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini pedagogik faoliyat hamda kasbiy kompetentlikning ajralmas qismi sifatida shakllantirish ustuvor yo’nalish sifatida qaralmoqda. Shu sababdan pedagoglarning kasbiy ma‘lumotlar bazasi va talabalar bilan o’quv muloqotlarini elektron resurslar asosida tashkil etish pedagogik jihatdan muhim vazifalar qatoriga kiradi. Bunday vazifalar pedagog kadrlarning elektron portfoliosini ishlab chiqishni taqozo etadi.
―Portfolio‖ tushunchasi XV-XVI asrlarda G’arbiy Yevropadan kirib kelgan bo’lib, uyg’onish davrida arxitektorlar o’z buyurtmachilariga qurilish loyihalarini tayyor va homaki variantlarini "portfolio" deb nomlanganalohida papkada taqdim etishgan. Ushbu papkada taqdim etilgan hujjatlar talabgorda qurilish loyihasining kasbiy sifatlari haqida taassurot hosil qilgan.
Hozirgi vaqtda esa biznes olamida portfolio firmaning yutuqlarini ko’rsatish, fotosuratchi va fotomodellar sohasida esa – suratlar albomi sifatida ishlatiladi.
Portfolioni ta‘lim sohasida qo’llash g’oyasi, 80-yillarning o’rtalarida AQShda paydo bo’ldi. AQSH va Kanadadan so’ng, portfolio g’oyasi Yevropa va Yaponiyada ommalashdi, XXI asrning boshlarida esa bu g’oya Rossiyada keng tarqaldi va hozirgi kunda bu g’oya O’zbekistonda ham keng yoyilmoqda.
Portfolio (ingl.–portfel,zarur ishlar va hujjatlar uchun papka.frans.
– bayon qilmoq, ifoda etmoq, tashimoq. ital. – hujjatlar solingan papka) – bu hujjatlar, ish namunalari, fotosuratlar, taqdim etilayotgan imkoniyatlarni tasavvur eta olish imkoniyatini beruvchi materiallar, mutaxassis xizmatlari to’plamidan iborat.

Download 104.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling