Jahon psixologiya fanining nazariy mushohadalariga va o’zimizning shaxsiy ma’lumotlarimizga asoslanib, motivlarni quyidagi turkumlarga ajratishni lozim topdik.
I. Shaxsning ijtimoiy ehtiyojlari bilan uyg’unlashgan, ularning mohiyati mezoni orqali o’lchanuvchi motivlar:
1) dunyoqarashga taalluqli, aloqador bo’lgan g’oya va motivlar;
2) ichki va tashqi siyosatga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi, shaxsiy pozitsiyani ifodalovchi siyosiy motivlar;
3) jamiyatning ahloqiy me’yorlari, prinsiplari, turmush tarzi, etnopsixologik xususiyatlariga asoslanuvchi ahloqiy motivlar;
4) borliq go’zalligiga nisbatan ehtiyojlarda in’ikos etuvchi nafosat (estetik) motivlari.
Vujudga kelishi, shartlanganlik manbai bo’yicha umumiylikka ega bo’lgan, boshqaruv boshqariluv xususiyatli motivlar:
1) keng qamrovli ijtimoiy motivlar (vatanparvarlik, fidoiylik, altruistik);
2) guruhiy, jamoaviy, hududiy, umumbashariy motivlar;
3) faoliyat tuzilishi, mohiyati va tuzimiga yo’naltirilgan protsessual motivlar;
4) faoliyat mahsulini baholashga, maqsadga erishuvga mo’ljallangan rag’batlanuv, mukofot motivlari.
III. Faoliyat turlari mohiyatini o’zida aks ettiruvchi motivlar:
1) ijtimoiy – siyosiy voqeliklarni mujassamlashtiruvchi motivlar;
2) kasbiy tayyorgarlik va mahoratni o’zida namoyon etuvchi motivlar;
3) o’qishga, bilishga (kognitiv), ijodga (kreativ) oid motivlar.
IV. Paydo bo’lish xususiyati, muddati, muhlati, barqarorligi bilan umumiylikka ega bo’lgan motivlar:
1) doimiy, uzluksiz, longityud xususiyatli motivlar;
2) qisqa muddatli, bir lahzali, bir zumlik va soniyalik motivlar;
3) uzoq muddatli, vaqt taqchilligidan ozod, xotirjam xatti-harakatlarni talab etuvchi motivlar.
V. Vujudga kelishi, kechishi sur’ati bioquvvat bilan o’lchanuvchi motivlar:
1) kuchli, qudratli, ta’sir doirasidagi shijoatli motivlar;
2) paydo bo’lishi, kechishi o’rta sur’atli motivlar;
3) yuzaga kelishi, kechishi o’rta sur’atli motivlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |