Kasbiy tanlovning umymiy masalalari va uning tuzilishi. Kasbiy faoliyat va bilish jarayonlari. Kasbga yo‘


Kasblarni psixologik tizimlash. Shaxs qiziqishlari va kasb


Download 0.63 Mb.
bet2/38
Sana06.11.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1750780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
2 МАЪРУЗА СИРТКИ

2. Kasblarni psixologik tizimlash. Shaxs qiziqishlari va kasb.
Qiziqish shaxsning muhim psixologik jabhalaridan biri hisoblanib, unda insonning individual xususiyati bevosita mujassamlashadi. Qiziqish - insonlarning dunyoqarash, e’tiqodlari, ideallari, ya’ni uning oliy maqsadlari, ezgu niyatlari, orzu umidlari bilan bevosita bog’liq ravishda aks etadi. Qiziqish insonlar hayoti va faoliyatida muhim rol o’ynaydi hamda ularning muvaffaqiyatli kechishini ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Qiziqish bilimlarning ongli, puxta, barqaror, anglangan holda o’zlashtirishda, ko’nikma va malakalarni shakllantirishda shaxs qobiliyati zehni uquvchanligi rivojlanishiga, olamni mukammalroq tushunishga, bilim saviyasini kengayishiga yordam beradi.
Qiziqish motiv singari borliqning mo’’jizakor tomonlarini bilishga, fan asoslarini egallashga, faoliyatning turli - tuman shakllariga nisbatan ijodiy yondoshishni vujudga keltiradi. Mehnatga, ta’limga mas’uliyat bilan munosabatda bo’lishni shakllantiradi, har qaysi yakka hol (individual ) shaxsda ishchanlik, g’ayrat shijoat, egilmas irodani tarkib toptirishga puxta psixologik shart-sharoitlar yaratadi.
Qiziqishnint psixologik mohiyatidan kelib chiqqan holda yondashilganda, qiziqish foyda va manfaatni bildirib, insonda intilish, faollik ichki turtki, ehtiyojni ro’yobga chiqarish manbai rolini bajaradi.
Jahon psixologiya fanining yirik namoyandalari shaxsning qiziqishini uning yaxlit ruhiy dunyosi bilan, binobarin, odamning aqliy faoliyati, bilish jarayonlari, irodasi, xarakteri, temperamenti, hissiyoti, qobiliyati bilan, umuman olganda inson tuzilishining barcha qirralari bilan bog’liq tarzda tushuntirishga harakat qilganlar.
Qiziqish muammosi psixologik nuqtai nazardan N.A.Ribnikov, N.F.Dobrinin, N.D.Levitov, M.F.Belyayev, L.A.Gordon, L.I.Bojovich, N.G.Morozova, M.G.Davletshin, M.Vohidov, V.A.Tokareva, E.G’.G’oziyev va boshqalarning nazariy metodologik xususiyatga ega bo’lgan asarlarida va maxsus eksperimental tadqiqotlarida rivojlantirildi.
Hozirgi zamon psixologiyasida qiziqish ob’ektiv borliqning insonlar ongida sub’ektiv tarzda aks etish shakllaridan biri sifatida tan olinadi. Qiziqish shaxsning muayyan voqelikdagi, ma’lum vaziyatdagi turli narsa na hodisalarga tanlab munosabatda bo’lishda, insonning o’ziga xos qaror qabul qilishida, o’zini – o’zi nazorat eta bilishida, maqsadga intiluvchanligida, yuzaga kelgan ob’ektiv va sub’ektiv to’siqlarni yengishida ifodalanadi.
Psixologiya fanining yirik namoyandalarining ta’limoticha, qiziqish odamlarning ehtiyojlari negizida yuzaga keladi, yaqqol ijtimoiy tarixiy shart - sharoitda, vaziyatda vujudga keladi, shakllanadi, barqarorlashib boradi hamda ularning shaxsiy turmush sharoitida va faoliyatda, ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashishi singari omillarda gavdalanadi. Umumiy talqinlarga asoslanib mulohaza bildirilganda, qiziqish alohida jarayon, ma’lum psixologik funksiya emas, chunki u his - tuyg’u, iroda, ong, qolaversa jamiki psixik holatlar, hodisalar va ichki kechinmalarning o’zida mujassamlashtirgan, murakkab tizimli ruhiy voqeliqdir.
Qiziqishning psixologik mohiyatining dastlabki ko’rinishi - bu uni odamlar tomonidan anglab yetishi yoki tushunish imkoniyatidir. Shaxs qiziqish mahsulini, uning oqibatini anglash, tasavvur etish orqaligina ob’ektiv borliqdagi narsa va hodisalarga ongli, tanlab munosabatda bo’ladi. Lekin bu voqelik (anglash, tushunish) insonda birdaniga sodir bo’lmaydi, balki muayyan vaqt davomida unda bilish jarayonlari, shaxsiy fazilatlari, individual - tipologik xususiyatlari rivojlanishi tufayli yuzaga keladi. SHuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, qiziqishning psixologik mohiyati namoyon bo’lishi aqliy jarayonlar muhim o’ynashi hodisasi qayd qilinishi u faqat intellektdan tashkil topadi, degan ma’no anglatmaydi, albatta.
Xuddi shu boisdan, qiziqishni psixologik mohiyatining ikkinchi ko’rinishi - uning his tuyg’ular, emotsional holatlar bilan uyg’unlashgan mujassamlashgan tarzda ifodalanishidir. Ma’lumki his - tuyg’ular, shuningdek, emotsional holatlar (emotsional ton, kayfiyat, shijoat, ehtiros va boshqalar) shaxsning borliqdagi aniq voqelikka, narsa va hodisalarga, muayyan faoliyatga nisbatan intilishni, sa’i - harakatlarni ko’chaytiradi, jadallashtiradi, safarbarlikni ob’ektga yo’naltiradi. Inson o’z shaxsiy qiziqishini qondirgandan keyin unda yoqimli his - tuyg’ular uyg’onadi, ruhiy qoniqish esa o’z navbatida lazzatlanish (praksik) hisni vujudga keltiradi. Aksincha narsaga, hodisaga, faoliyatga qiziqish muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlansa, u holda noxush kechinmalarni yuzaga keltiradi, buning natijasida frustratsiya (ruhi tushish) uning shaxsiyatini egallaydi.
Qiziqishni psixologik mohiyatining uchinchi ko’rinishi - uning irodaviy sifatlari bilan yoki iroda akti bilan umumlashgan tarzda vujudga kelishidir. Irodaviy zo’r berish, muayyan qaror bo’yicha intilish, ba’zi qiyinchiliklarni yengish, mustaqillik namoyon qilish qiziqishni qaror toptiradi, shaxsni maqsad sari yetaklaydi.
Qiziqishni psixologik mohiyatining to’rtinchi ko’rinishi - uni oliy asab faoliyati xususiyatlari va temperament tiplari bilan birga mujassamlashgan holda namoyon bo’lishidir.
Qiziqishning asab - fiziologik mexanizmlari to’g’risida mulohaza yuritilganda, dastavval rus olimi I.P.Pavlovning oliy asab faoliyati haqidagi ta’limotini ta’kidlab o’tish joiz. Uning «bu nima?» refleksi, ya’ni oriyentirovka (mo’ljal olish) refleksi qiziqishning moddiy negizini tushuntirishda muhim ahamiyat kasb etadi. I.P.Pavlov va uning shogirdlaridan keyin P.K.Anoxin, N.A.Bernshteyn, B.M.Teplov, V.S.Merlin, V.D.Nebilitsin va boshqalar insondagi qiziqishning asab - fiziologik mexanizmlarini bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ida oriyentirovka refleksi negizida murakkab muvaqqat bog’lanishlarining vujudga kelishidir, degan yo’sinda talqin qilmoqdalar. Qiziqishning moddiy asoslari o’zaro induksiya qonuni, po’stloqdagi optimal qo’zg’alish o’chog’i va dinamik stereotiplar (I.P.Pavlov), dominanta (A.A.Uxtomskiy), oriyentir murakkab psixofiziologik hodisa ekanligi (E.N.Sokolov) va boshqalar bo’lib hisoblanadi.
Hozirgi davrda qiziqish shaxsning individual psixologik xususiyatidan iboratdir, degan xulosa odatiy narsaga aylanib qoldi. Shunga qaramasdan ba’zi manbalarda qiziqish — muayyan soha bo’yicha to’g’ri mo’ljal olishga, yangi omillar bilan tanishishga, voqelikni to’la va chuqur aks ettirishga yordam beradigan motivdir, degan ta’rifga ham egadir. Shunga mutanosib tarzda qiziqish, bilish jarayoni tusini kashf etadigan, ijobiy his - tuyg’ularga yo’naltirilgan ob’ekt bilan chuqurroq tanishishga, u haqda ko’proq ma’lumotga ega bo’lish, uni mohiyatini anglab yetishga nisbatan shaxsning istagida namoyon bo’ladi, qabilida mulohazalar hukm suradi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shaxsni ihtiyojini qondirishga yo’naltirilganligini aks ettiruvchi qiziqishning qondirilishi, hech qachon uning so’nishini ifodalamaydi, aksincha ob’ektning noma’lum kirralarini aniqlashga nisbatan intilish davom etaveradi. SHu bilan birga qiziqishlar bilishning uning jarayonlari funksional holatining doimiy ko’zg’atuvchi mexanizmi sifatida vujudga keladi va aks ettirishda davom etadi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling