Kasbiy tanlovning umymiy masalalari va uning tuzilishi. Kasbiy faoliyat va bilish jarayonlari. Kasbga yo‘


Download 216.27 Kb.
bet37/38
Sana15.03.2023
Hajmi216.27 Kb.
#1269326
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
2 МАЪРУЗА СИРТКИ

Ikkinchi bosqich Shaxs ning kasbiy muhim sifatlarini baholash uchun izlanuvchanlik dasturini tanlash va qayta ishlash. Hujjatlar tahlili tavsiyalar, tavsiyanomalar, suhbat usullari qo‘llaniladi. Tanlangan metodikalar qator talablarga, jumladan, ma’lumotlilik va ishonchlilik talabiga javob berish lozim.
Uchinchi bosqichda tanlangan testlarni tekshirish va nazorat qilish bosqichi. Asosiy maqsad tanlangan metodikalar qanchalik faoliyat natijasini prognoz qila olishini aniqlashdir.
To‘rtinchi bosqichda kasbiy tanlovni o‘tkazish jarayonidir. Kasbiy tanlovni o‘tkazishning muhim sharti standartlik hisoblanadi. Tadqiqot sharoiti ya’ni test, ko‘rsatmalar, blankalar, natijalarni qayta ishlash barcha nomzodlar uchun bir xil bo‘lishi lozim. Testdan foydalanish tajribasining ko‘rsatishicha, ko‘rsatmalarning ozgina bo‘lsa ham o‘zgarishi tadqiqot natijalariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Nomzodning o‘zi tadqiqot natijalariga motivasiyalashganligi ham muhim. SHu boisdan, tadqiqot o‘tkaziladigan muhit do‘stona, samimiy bo‘lishi kerak. Natijalar tahlili standart bo‘lishi lozim. Natijada barcha nomzodlarning natijalari muayyan guruxga birlashadi.
Ko‘pincha kasb tanlashda quyidagi tasnif qo‘llaniladi:
- mutlaqo yaroqli;
- shartli ravishda yaroqli;
- yaroqsiz.
IV. Ya.Xolland taklifi bo‘yicha odamlar va ko‘pchilik kasblarni shartli guruhlash ( realistik, ijtimoiy,konvensial (shartli), tadbirkor, artistik tiplar).
Mashg‘ulotning borishi: Ushbu metodika asosida amerikalik psixolog olim YA.Xolland taklifi bo‘yicha odamlar va ko‘pchilik kasblarni shartli ravishda 6 guruhga bo‘lish mumkin (realistik, ijtimoiy, konvensial (shartli), tadbirkor, artistik tiplar). Bu metodika asosida yuqorida qayd qilingan tiplarni qay biri qay darajada Shaxs da namoyon bo‘lishini aniqlash mumkin. Kasblarning xususiyati shundaki, Shaxs psixologiyasida qaysi bir yo‘nalish ko‘proq shakllangan bґlsa, shu kasb o‘ziga ko‘proq jalb qiladi.
Metodikani o‘tkazish tartibi:
Metodika savolnomasini o‘quvchilarga berishdan oldin, ularga quyidagi ko‘rsatma beriladi: «Quyidagi juft-juft taklif etilgan - kasblardan o‘zingiz uchun har bir juftdan bittasini tanlang va «a» yoki «b» grafalar yonida «+» yoki «— » belgisini qo‘ying.

Download 216.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling