Kasblar ko’pdir dunyoda,bir-biridan ziyoda kasb. Kasb odobi haqida tushuncha


Download 13.34 Kb.
bet5/6
Sana08.09.2023
Hajmi13.34 Kb.
#1674070
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kasblar ko’pdir dunyoda,bir-biridan ziyoda kasb. Kasb odobi haqi-fayllar.org

Davom etamiz, Sizda qaysidur ishga qiziqish bor, ammo bu sohani o’rganish qiyin bo’lmoqda. Ya’ni aqlingiz yetmayapti. Sizga maslahatim, Aqlingiz uchun qiyin bo’lgan ishni tanlamang, Masalan, Men o’zim dastlab komputer dasturchisi bo’lishni orzu qilar edim. Hatto kichik dasturlar tuzishni ham o’rgandim. O’rganish chuqurlashgan sari ba’zi kodlarni yozishda aqlim yetmay qolar edi. Hatto ba’zi muammoni yechimini bir necha kunlar o’ylab vaqtimni o’tkazdim. Ammo men o’jarlik qilib davom etaverdim. Aqliy mehnat menga qiyindek ko’rinar-di. Men atrofimdagi ba’zi dasturchilarga havas qilib o’raganayotgan edim. Oxiri shuni bildimki, men havas qilgan ishga aqlim yetmas ekan. Shunday qilib bu sohada voz kechdim.

Demak Kasb tanlashning 3- yo’li: Siz havas qilgan soha yoki ish osonmi, unga aqlingiz bemalol yetadimi. Xudo har kimga bir vazifani berar ekan, Uning aqlini shunga mos qilgan… ya’ni aqliy toqatimiz yetmagan ishga hech buyurilmaganmiz.

Farzand tarbiyasida kasbni to‘g‘ri tanlash ahamiyati.


  • Dunyoning hech bir mamlakatida bizning davlatimizdagidagi kabi uzluksiz va bepul ta'lim tizimi shakllanmagan.

  • O‘zbekiston Respublikasida 12 yillik ta'lim ixtiyoriy majburiydir.

  • Majburiyligi - o‘quvchi 9-sinfni bitirganidan keyin o‘rta maxsus kasb-hunar ta'lim muassasasida 3 yil davomida ta'lim olishi shart. Ixtiyoriyligi - o‘quvchi kasb-hunar kolleji yoki akademik litseyga hujjat topshirishni va yo‘nalishni o‘zi tanlaydi.

Farzandingiz yoshligidan qaysi sohaga qiziqishi, aqliy va jismoniy imkoniyatlariga e'tibor qarating. Maktabdagi o‘qituvchilar, sinf rahbarlari bilan bu haqida maslahatlashib turing. Albatta o‘zingiz yashayotgan hududdagi iqtisodiyot tarmoqlarida rivojlanayotgan va yangidan qo‘shilayotgan sohalar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar haqida ma'lumot to‘plab boring. Bu jarayon har yili maktablarda o‘tkaziladi. Umumta'lim maktablarining 8-9-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari o‘rtasida qaysi kasb-hunar kolleji yoki akademik litseyda o‘qishni davom ettirishini bilish maqsadida so‘rovnomalar o‘tkaziladi. So‘rovnomaga kelgan ota-ona va o‘quvchi ayni shu vaqtda o‘zlariga “Qaysi kollejni va yo‘nalishni tanlasam ekan?” degan savolni bermasligi kerak. Ota-ona farzandi 14-15 yoshga to‘lganida o‘g‘li yoki qizining qaysi kasb egasi bo‘lishi haqida yakuniy qarorga kelgan bo‘lishi kerak.


Download 13.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling