1-bosqichda – 2 molekula pirouzum kislotasi va 8 molekula ATF sintezlanadi;
2-bosqichda – 2 molekula atsetil-KoA, 2 molekula CO2 va 6 molekula ATF sintezlanadi;
3-bosqichda – 4 molekula CO 2 va 24 molekula ATF hosil bo‘ladi.
Pirouzum kislotasining oksidlanish yo‘li bilan dekarboksillanishi
Piruvatdegidrogenaza (PDG) kompleksining tuzilishi.
Pirouzum kislotasi sitoplazmadan mitoxondriyaga konsentratsiya gradiyenti har xilligi tufayli osongina o‘tadi. Pirouzum kislota atsetil-KoA ga aylanishini piruvatdegidrogenaza ferment kompleksini tezlashtiradi. U poliferment bo‘lib, uchta har xil ferment va beshta kofermentdan tashkil topgan. Bu ferment kompleksi pirouzum kislotani dekarboksillanish yo‘li bilan oksidlanish reaksiyasini tezlashtiradi.
Birinchi ferment dekarboksillovchi piruvatdegidrogenaza (E1 –TPF ) (yoki piruvat- lipoatoksidoreduktaza) tetramer bo‘lib, ikkita TPF tutuvchi massasi – 36 000 daltonga teng β-zanjirdan va C2 - birliklarini lipoat kislota qoldig‘iga tashuvchi ikkita α-zanjirdan iborat.
Ikkinchi ferment digidrolipoiltransatsetilaza yoki lipoatatsetiltransferaza (E2), massasi 52 000 daltonga teng bo‘lgan bitta zanjirdan iborat bu ferment lipoat kislota qoldig‘i bilan bog‘langan.
Uchinchi ferment. Qaytarilgan digidrolipoiltransatsetilaza digidrolipoatdegidrogenazaning (E3) ichki disulfid bilan bog‘lanib oksidlanadi. Digidrolipoatdegidrogenaza fermentining molekulyar massasi – 100 000 daltonga teng. Bu fermentning disulfid (HS-SH) gruppasi oqsil bilan birikkan FAD molekulasini qaytaradi, u esa o‘z navbatida NAD ta’sirida oksidlanadi.
PDG kompleksining tarkibiga quyidagi kofermentlar kiradi:
TPF (tiaminpirofosfat)
Lipoat kislota
Koferment A
FAD (Flavinadenindinukleotid)
Do'stlaringiz bilan baham: |