Kategoriya tushunchasi va uning turlari reja


Download 190.12 Kb.
bet13/24
Sana19.06.2023
Hajmi190.12 Kb.
#1625333
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
Kategoriya tushunchasi va uning turlari

Tizim, element struktura. Butun va qism kategoriyalarini tizim, struktura, element kategoriyalari to‘ldiradi va rivojlantiradi.
Qadimgi yunon falsafasida tizim tushunchasi borliqning tartibliligi va yaxlitligi sifatida tavsiflangan. Hozirgi talqinda tizim muayyan yaxlitlikni tashkil etuvchi qonuniy munosabatlar va aloqalarda bo‘lgan elementlarning organik to‘plami sifatida tavsiflanadi. Tizim (yunon. systema – birlashtirish, yaratish) – bir-birining o‘rtasida qonuniy bog‘lanish yoki o‘zaro aloqa mavjud bo‘lgan muayyan elementlar yig‘indisi. Har qanday tizimning strukturasi avvalo uning tarkibiy elementlariga bog‘liq. O‘z navbatida, elementlarning xossalari ham ko‘p jihatdan o‘zlari hosil qilgan tizimning strukturasi bilan belgilanadi. Tizim va element tushunchalari butun va qism kategoriyalariga yaqin turadi. Ammo ular ayniy tushunchalar emas. Xususan, qism bo‘linadi, element – tizimning boshqa qismlarga ajralmaydigan komponenti hisoblanadi. Shuningdek tizim butun bilan ham solishtirilishi mumkin va xuddi butun kabi, qismlarning aloqadorligi, tartibliligi va uyushqoqligi bilan tavsiflanadi. Ammo butunni o‘rganishda uning o‘ziga xos xususiyatini, sifat jihatidan muayyanligini aniqlash vazifasi birinchi o‘ringa chiqadi.
Tizimli yondashuv tizimlarning sifat jihatidan o‘ziga xosligidan qat'iy nazar, ular xulq-atvorining umumiy tamoyillari va qonunlarini aniqlashni nazarda tutadi. Ayni shu sababli tizimlar juda keng miqyosda qo‘llaniladi. Ammo har qanday ob'ektni o‘rganishga nisbatan tizimli yondashuv doim ham samarali emas. Biron-bir ro‘zg‘or buyumi (qoshiq yoki choynak, yozuv daftari va sh.k.)ni tizimli o‘rganishning hojati yo‘q. Ba'zan shunday bir «tadqiqotlar» uchraydiki, ularda tizimlar nazariyasi atamalari ishlatilgan bo‘lsa-da, ularni yaratgan soxta olimlar tavsiflanayotgan ob'ekt talqiniga biron-bir yangi narsa kiritmaydi. Hozirgi zamon fanida tizimli yondashuvning ikki yo‘li qo‘llaniladi: birinchisi-tizimlar tushunchasini muayyan tarzda formallashtirish va ularning fan tilida tavsiflanadigan umumiy belgilarini aniqlash; ikkinchisi-muayyan tizimlarning tipologik tahlilidan foydalanish kabilardir.

Download 190.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling