Katta guruhda yil davomida oʻtkaziladigan matematika mashgʻulotlarining taqsimlanishi


Bilimlarni mustahkamlam uchun o`yin: "Klaster"


Download 312.34 Kb.
bet14/25
Sana18.06.2023
Hajmi312.34 Kb.
#1589526
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
Qo\'llanma. Mashg\'ulotlar

Bilimlarni mustahkamlam uchun o`yin: "Klaster".
Bolalarga doira, uchburchak, kvadrat, oval, to'rtburchak shakllaridagi atributlardan bittadan beriladi va bolalar atributlarni taqib oladilar.
Polda katta doira - uning atrofiga kichik doiralar, katta uchburchak - uning atrofiga kichik uchburchaklar, katta to`rtburchak - uning atrofiga kichik to`rtburchaklar, katta oval - uning atrofiga kichik ovallar, katta kvadrat - uning atrofiga kichik kvadratlar chizilgan bo`ladi.
O`yinning borishi:
Agar tarbiyachi "Shakllar yurishibdi" desa, bolalar yuradilar, "Shakllar katta uyga" desa, kimda qanday shakl bo`lsa, xuddi shunday katta shaklning ichiga yig`iladilar. "Shakllar o`yinga chiqdilar" deyilsa, bolalar katta shakldan chiqib o`ynab yuradilar, "Shakllar kichik uylarga" deyilsa kimda qanday shakl bo`lsa o`sha kichik shakllarga turadilar. "Uchburchaklar kichik uylarga" deyilsa, uchburchak shaklini taqqan bolalar kichik uchburchaklarga turib oladilar. "Shakllarni almashtiring" deyilsa bolalar shakllarni almashtiradilar. Bolalar xohlaganicha o`yinni davom ettirish mumkin.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:

  1. Qaysi topshiriqni bajarish siz uchun oson bo'ldi?

  2. Gilamchani bezatishda nechta uchburchakdan foydalandingiz?

  3. Gilamchaning o`rtasiga qanday shakllarni qo`ydingiz?

  4. Shaharda nechta bino qurdingiz?

  5. Qaysi bino eng baland?

Mashg`ulot yakunida barcha bolalarni rag`batlantirish.

20- MASHG`ULOT
Fazoviy tasavvur
Mavzu: Ko`rsatilgan yo`nalish bo`yicha harakat qila olishga, o`z vaziyatini berilgan shart bo`yicha aniqlashga o`rgatishni davom ettirish
Maqsad:

  • Bolalarning fazoviy tasavvurlarini kengaytirish.

Kutilayotgan natijalar:

  • Bolalarda o`ng, chap, oldinga, orqaga harakat qilish ko`nikmasi mustahkamlanadi.

  • Aniq topshiriq va mashqlarda berilgan yo`nalishda harakat qilish ko`nikmasi takomillashadi.

  • Bolalar shartli belgilar yordamida harakat qilishni o`rganadilar.


Download 312.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling