Katta guruhda yil davomida oʻtkaziladigan matematika mashgʻulotlarining taqsimlanishi


Download 312.34 Kb.
bet11/25
Sana18.06.2023
Hajmi312.34 Kb.
#1589526
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
Qo\'llanma. Mashg\'ulotlar

Tetiklashtiruvchi mashq.
Tarbiyachi: Bolajonlar, doira shaklida turing. Kvadrat shaklida turing. Uchburchak shaklida turing. Endi bolajonlar, o`tirib keyingi topshiriqni bajaramiz.
Bolajonlar, 10 ta tayoqcha donasidan kalit shaklini yasaymiz. Ushbu kalitdagi 4 ta tayoqcha donasining o`rnini o`zgartirib shunday qo`yingki, 3 ta kvadrat hosil bo`lsin. Qani bolajonlar boshladik.

Javob:


Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Bolajonlar, topshiriqlardan qaysi biri sizga ko`proq yoqdi?
2. 10 ta tayoqchadan yasalgan kalit shaklidan nechta tayoqchani olib 3 ta kvadrat yasadik?
3. Uycha shaklida nechta tayoqchadan foydalandik?
4. Bolajonlar, uycha tasvirida sizlar bilgan qanday shakllar bor?
Mashg`ulot oxirida barcha bolalarni rag`batlantirish.


16-MASHG`ULOT
Vaqt haqida tasavvur
Mavzu: Hafta kunlari bilan tanishtirish
Maqsad:

  • Bolalarda hafta kunlari haqida dastlabki tushunchalarni hosil qilish.

  • Bolalarni hafta kunlarining nomlari bilan tanishtirish va farqlashga o`rgatish.

Kutilayotgan natijalar:

  • Bolalar hafta kunlarining nomlarini bilib oladilar va farqlaydilar.

  • Bolalar hafta kunlarining nomini nutqda to`g`ri ifodalashni o`rganadilar.

Kerakli jihozlar:
Hafta kunlarini ifodalovchi doirachalari bor katta doira shakli (diametri 15 sm), ( har bir bolaga bittadan).
Hafta kunlarini ifodalovchi (shartli ravishda) 1 dan 7 gacha son bilan ko`rsatilgan kartochkalar jadvali.
Mashg`ulotning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, mana bu topishmoqni topishga harakat qilib ko`ringlarchi:
Otlari har xil,
Yoshlari bir xil.
Meni diqqat bilan eshitsangiz, topishmoqning javobi nima ekanligini bilib olasizlar.

  1. Bolajonlar kecha qaysi kun edi?

  2. Bugun qaysi kun?

  3. Ertaga qaysi kun bo`ladi?

  4. Bolajonlar, bir haftada necha kun bor?

  5. Hafta kunlarini kattalar qanday biladilar?

Bolajonlar, kecha dushanba kuni edi. Bugun seshanba. Ertaga chorshanba. Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba bular hafta kunlari. Bir haftada 7 kun bor. Biz dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma kunlari bog`chaga kelamiz. Shanba va yakshanba kunlari uyda dam olamiz.
Bolalar, topishmoq nima haqida ekan? (Topishmoq, yana takrorlanadi).

Download 312.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling