Katta guruhda yil davomida oʻtkaziladigan matematika mashgʻulotlarining taqsimlanishi


Download 312.34 Kb.
bet8/25
Sana18.06.2023
Hajmi312.34 Kb.
#1589526
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
Qo\'llanma. Mashg\'ulotlar

Bolalar javobi.
Tarbiyachi: Endi uyimiz atrofiga panjara qilamiz. Binafsha rangdagi 3 ta tayoqchani olib, uychaning chap tomoniga o`rnating, shu rangdagi yana 4 tasini uychaning o`ng tomoniga joylashtiring. Mana, panjara ham tayyor bo`ldi. Uning tayoqchalari qanday balandlikda?
Bolalar javobi: Bir xil balandlikda.
Tarbiyachi: Ranglari-chi? Endi uyimiz yoniga daraxt ekamiz. Daraxt tanasini yashil tayoqchadan yasaymiz. Shoxlari esa 2 ta yashil tayoqchadan iborat bo'ladi. Daraxt tanasi uchun nechta tayoqcha kerak bo`ladi? Shoxlar uchun-chi? Ular qanday rangda?
Qo`g`irchoqlar bir-birinikiga mehmonga borganda qayerdan yurar ekan? Demak, yo`lakchalar kerak ekan. Uylar orasiga yo`lakchalar quramiz. Faqat hamma yo`lakchalar bir xil rangda bo`lsin.
Ana endi, barcha qo`g`irchoqlar bunday chiroyli uylarda maza qilib yashaydi va bir-birinikiga mehmonga boradilar. Endi turib, bir-birimizning ishlarimizni ko`rib chiqamiz.
(Mashg`ulot davomida bolalar harakatiga yordam ko`rsatiladi).
Bolalar bilimini oshirish va mustahkamlash uchun savollar:

  1. Uyning devoriga va tomiga nechta tayoqcha ishlatdik?

  2. Uyning devori qanday shaklda?

  3. Uyning tomi qanday shaklda?

  4. Deraza, eshik va mo`riga nechta tayoqcha ishlatdik?

  5. Deraza qanday shaklda?

  6. Eshik va mo`ri qanday shaklda?

  7. Zinani nechta tayoqchadan yasadik?

  8. Derazani qanday rangdagi tayoqchadan yasadik?

Mashg`ulot yakunida barcha bolalarni rag`batlantirish.

10-MASHG`ULOT
Vaqt haqida tasavvur
Mavzu: Kecha, burun, ertaga kabi tasavvurlarni mustahkamlash.
Maqsad:

  • Bolalarning vaqt bo`yicha tasavvurlarini kengaytirish.

Kutilayotgan natijalar:

  • Bolalarning kecha, bugun, ertaga haqidagi tasavvurlari mustahkamlanadi.

  • Bolalarga kecha, bugun, ertaga so`zlarini nutqda tushungan holda to`g`ri qo`llashni o`rgatish.


Download 312.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling