Katta guruhda yil davomida oʻtkaziladigan matematika mashgʻulotlarining taqsimlanishi


Download 312.34 Kb.
bet9/25
Sana18.06.2023
Hajmi312.34 Kb.
#1589526
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
Qo\'llanma. Mashg\'ulotlar

Kerakli jihozlar:

  • Koptok.

  • Doira (15 sm), kvadrat (15 sm) va to`rtburchak (bo`yi 10 sm, eni 15) shakllarida qog`oz varaqlar.

  • Rangli qalamlar.

Mashg`ulotning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, kecha biz kun davomida qanday ishlarni qildik bir eslab ko`ring-chi?
Ertalabdan hammamiz bog`chaga keldik. Sizlar yaxshi ko`radigan ertaklardan biri bo`lgan “Qo`zichoq va qarg`a” ertagini sahnalashtirdik... Kech bo`lganda hammamiz uyga ketdik. Quyosh ham tog`lar ortiga o`tib ketgandan keyin qorong`i bo`lib tun boshlandi. Hammamiz yotib uxladik. Ertalab tursak, bugungi kun boshlanibdi. Bugun bog`chaga keldik. Ertalabdan buyon qanday ishlarni bajardik? Yana qanday ishlar bilan shug`ullanishni xohlaysizlar? ...
Bugun kechqurun hammamiz uyimizga ketamiz. Quyosh botib, qorong`i bo`lgandan keyin uxlashga yotamiz. Ertalab tursak, ertangi kun boshlanadi. Ertaga ertalabdan hammamiz bog`chaga kelamiz, men sizlarga turli qiziqarli o`yinlarni tayyorlab qo`yaman va biz birgalikda o`ynaymiz.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o`yin: "Kecha, bugun, ertaga".
Tarbiyachi: Bolajonlar, sizlar bilan hozir "Kecha, bugun, ertaga" o`yinini o`ynaymiz.
Bolajonlar, hammamiz doira bo`lib turamiz. Men kimga "Kecha" deb koptokni otsam o`sha bola kecha qilgan ishlaridan birini aytadi. Gapining bashida albatta "Kecha" so`zini ishlatishi shart. "Bugun" deb koptokni otsam, koptokni ilib olgan bola "Bugun" so`zini ishlatgan holda bitta gap aytadi. "Ertaga" deb koptokni otsam "Ertaga" so`zini ishlatgan holda bitta gap aytadi.
Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolajonlar, hozir sizlarga 3 ta geometrik shakllarni tarqatib chiqaman. Doira, kvadrat va to`rtburchak shakllarini.
Daira shaklini olganlar kecha qiilingan ishlardan o`zingiz xohlagan biror voqeaning rasmini chizasizlar va izohlaysizlar. Kvadrat shakliga bugungi kundagi voqealarni tasvirlaysizlar va izolaysizlar. To`rttburchak shakliga ertaga qilishni xohlagan ishni tasvirlaysizlar va izohlab berasizlar. (Barcha balalarning izohi tinglanadi).

Download 312.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling