Katta guruhda yil davomida oʻtkaziladigan matematika mashgʻulotlarining taqsimlanishi


Download 312.34 Kb.
bet5/25
Sana18.06.2023
Hajmi312.34 Kb.
#1589526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Qo\'llanma. Mashg\'ulotlar

5-MASHG`ULOT
Vaqt haqida tasavvur
Mavzu: Sutka qismlari - ertalab, kunduzi, kechqurun, tun kabi tushunchalarni mustahkamlash.
Maqsad:
Bolalarning va vaqt haqidagi tushunchalarini mustahkamlash.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalarning sutka qismlari haqidagi tushunchalari kengayadi.
Bolalar nutqda sutka qismlari: ertalab, kunduzi, kechqurun, tun so`zlarini ma’nosini tushungan holda to`g`ri qo`llaydilar.
Kerakli jihozlar:
Sutka qismlarini tasvirlovchi rangli qog`ozlar (o`lchami: bo`yi 10 sm, eni 10 sm).
Sutka qismlarini tasvirlash uchun doira (diametri 12 sm).
Sutka qismlari tasvirlangan suratlar (bo`yi 8 sm, eni 8 sm).
Mashg`ulotning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, bizlar ertalab, kunduzi, kechqurun haqida sizlar bilan oldin ham gaplashganmiz .
Shuning uchun hozirgi savollarimga qiynalmay javob berasizlar. Mana mening qo`limda 3 xil - och pushti rang, sariq va to`q ko'k rangdagi qog`ozlar.

  1. Och pushti rang kunning qaysi vaqtiga o`xshaydi? (Ertalabga).

  2. Ko`k rang kunning qaysi vaqtiga o`xshaydi? (Kechqurunga).

  3. Sariq rang kunning qaysi vaqtiga o`xshaydi? (Kunduzga).

  4. Bolajonlar, mana bu ishora rangni qaysi vaqtiga o`shatish mumkin? (Bolalarning javobi)

Tarbiyachi: To`g`ri tunga o`xshaydi. Bolajonlar, biz hozir ertalab, kunduzi, kechqurun va tun haqida gaplashdik. Ertalab, kunduzi, kechqurun va tun - hammasi birgalikda 1 sutkani hosil qiladi.
Hozirgi gapimda sizlarga notanish bo` lgan qanday so`zni ishlatdim? To`gri, sutka so`zini ishlatdim. Ertalab, kunduzi, kechqurun va tun - bular sutkaning qismlari ekan. Sutka har doim shu qismlardan iborat. Ertalabdan keyin kunduz keladi, kunduzdan keyin kechqurun, kechqurundan keyin tun, tundan keyin ertalab keladi.
Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolajonlar, "Sutka qismlari" deb nomlangan doirani 4 ta qismini sutka qismlariga mos ranglarga bo`yang.

Ertalab


Tun


Bolalar ishni tugatganlaridan so`ng, tarbiyachi ulardan o`z rasmlarini ko`rsatib sutka qismlaridan qaysini qanday rangga bo`yaganligini aytib berishni so`raydi.

Download 312.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling