Katta guruhda yil davomida oʻtkaziladigan matematika mashgʻulotlarining taqsimlanishi


Download 312.34 Kb.
bet4/25
Sana18.06.2023
Hajmi312.34 Kb.
#1589526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Qo\'llanma. Mashg\'ulotlar

Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolajonlar, bular siz sevib o'ynaydigan varraklardir. Varraklar nechta? Varraklarning o'ng tomonini boshqa rangga, chap t omonini boshqa rangga bo'yang.

Birinchi varrakning "dumi"da nechta uchburchaklar bor?


Uchinchi varrakning "dumi"da uchburchaklar nechta?
Ikkinchi varrakning "dumi"da nechta uchburchak bor? Varraklar qaysi shaklga o'xshaydi?
Tetiklashtiruvchi mashq.
Tarbiyachi: Bolajonlar, endi o'rnimizdan turib mashq bajaramiz.
Bu mashqda piktogramma usulida tomonlar shartli belgilar bilan belgilab olinadi va musiqa ostida ko'rsatilgan belgi bo'yicha harakat qilinadi. Qaysi belgida qanday harakatni bajarish oldindan o'rgatiladi.
- Oldinga - Chapga
- Orqaga - O'ngga

Oldinga belgisi ko`rsatilganda oldinga 1 qadam, orqaga belgisi ko`rsatilganda orqaga 1 qadam yuriladi. Chapga, o`ngga belgisiga 1 qadam chapga va o`ngga yuradilar.


Bilimlarni mustahkamlash uchun o`yin: "Nima qayerdaligini top".
Bu o`yin bolalarning fazoda turgan joyini aniqlashni bilishga qaratilgan. Tarbiyachi bolalarga ularning chap, o`ng, oldin va orqa tomonida qanaqa predmetlar yoki kim borligiga qarashlarini topshiradi.
Tarbiyachi bolalarga "Sizning oldingizda nimalar va kimlar bor?" deb murojaat qiladi. Bir bola oldida stul, boshqasi - oldida stol, uchinchisi - Maftuna, to`rtinchisi – Jamolbek borligini aytadi. Tarbiyachi 3 - 4 bolaning javobini eshitgach, "Sizning chap tomoningizda nimalar va kimlar bor?", deb so`raydi. Tarbiyachi so`ragan bolalar o`zlarining chap tomonida turgan turli predmetlarni boshqa o`rtoqlarini takrorlamay aytib beradilar. Bolalarga har bir to`g`ri javob uchun yulduzcha beriladi. O`yin oxirida olingan yulduzchalar sanab chiqiladi va g`oliblar aniqlanadi.
Bolalar bilimini oshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1.Qaysi qo`lingiz chap?
2. O`ng qo`lingizni ko`rsating?
3. Sizning oldingizda kim o`tiribdi?
4. Orqangizda kim o`tiribdi?
5. Yoningizda kim o`tiribdi? Sizdan eng uzoqda o`tirgan o`rtog`ingizning ismi nima?
Mashg`ulot yakunida bolalarni rag`batlantirish.



Download 312.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling