Katta guruhda yil davomida oʻtkaziladigan matematika mashgʻulotlarining taqsimlanishi


Download 312.34 Kb.
bet6/25
Sana18.06.2023
Hajmi312.34 Kb.
#1589526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Qo\'llanma. Mashg\'ulotlar

Tetiklashtiruvchi mashq.
Tarbiyachi: Bolajonlar, hozir sizlar bilan "Sutka" o`yinini o`ynaymiz. Men "Kun" desam turasiz, "Tun" desam o`tirib ko`zlaringizni yumasiz, "Ertalab" desam turib, yuvinish harakatini bajarasiz, "Kechqurun" desam raqsga tushasiz.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o`yin: ''To`g`ri joylashtir".
Bolalar yoniga Bilmasvoy keladi. Bolalar bilan salomlashadi. Tarbiyachi nega u g`amgin ekanligini so`raydi. Bilmasvoy rasmlar olib kelganini, bolalarga tartibi bilan: sutka qismlarini ko`rsatmoqchi ekanini, ammo hammasini almashtirib yuborganini, ularni to`g`ri joylashtira olmayotganini aytadi. Tarbiyachi rasmlarni tartibga solishda Bilmasvoyga yordam berishni taklif qiladi. Bolalardan rasmlarni qanday joylashtirish kerakligini so`raydi.
Sutka qismlari tasvirlangan rasmlar to`plami ichidan bolalar bir sutkaga tegishli qismlarni tartib bilan yig`adilar.
Tarbiyachi bolalarning juda aqlli ekanligini ta’kidlab, sutka qismlari ketma-ketligini ularning istalganidan boshlab tartib bilan qo`yib tushuntirib bera olishini aytadi. Bolalar Bilmasvoyga o`rgatish maqsadida sutka qismlarini istalgan vaqtidan boshlab yig`ib tushuntirib beradilar.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:

  1. Ertalab, kunduzi, kechqurun va tunni birgalikda qanday atashimiz mumkin?

  2. Bir sutka qanday qismlardan tashkil topadi?

  3. Bir sutka davomida qanday ishlarni qilish mumkin?

  4. Kunduzdan keyin sutkaning qaysi vaqti keladi?

  5. Tundan keyin sutkaning qaysi vaqti keladi?

Mashg`ulot yakunida bolalarni rag`batlantirish.

7-MASHG`ULOT
Geometrik shakllar
Mavzu: Tayoqchalardan turli shakllar hosil qilishni o`rgatishni davom ettirish.
Maqsad:
Bolalarning geometrik shakllar (uchburchak, kvadrat, to`g`ri to`rtburchak), uzunlik (eng uzun, kaltaroq, eng kalta), sanoq (1O ichida) haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash.

Download 312.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling