Katta guruhda yil davomida oʻtkaziladigan matematika mashgʻulotlarining taqsimlanishi


Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar


Download 312.34 Kb.
bet3/25
Sana18.06.2023
Hajmi312.34 Kb.
#1589526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Qo\'llanma. Mashg\'ulotlar

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Qoʻzichoq necha bogʻ beda yedi?
2. Koʻlda nechta oqqush suzayotgan ekan?
3. Daraxt shoxida olmaxonlar nechta edi?
4. Daraxt shoxida nechta olma bor edi? Nechta olma yerga tushgan edi?
5. Nechta qushning rasmini chizdingiz? Hamma qushlar nechta boʻldi?
6. Nechta gul ochilib turgan edi? Siz yana nechta gul chizdingiz?
7. Jami olmalar nechta boʻldi?
8. Sizga rasmli topshiriqlar yoqadimi?
Mashgʻulot oxirida barcha bolalarni ragʻbatlantirish.

4-MASHG'ULOT
Fazoviy tasavvur
Mavzu: Fazoviy tasavvurlarni mustahkamlash (o'ng-chap, oldinda-orqada, uzoqda-yaqinda)
Maqsad:
• Bolalarning o'ng-chap, yuqoriga-pastga, oldinga-orqaga, uzoqda-yaqinda kabi fazoviy tasavvurlarini mustahkamlash.
Kutilayotgan natijalar:
• Bolalar fazodagi o'zining va atrofidagi narsalarning joylashishini to'g'ri aniqlashni o'rganadilar.
• Bolalar o'ngda, chapda, oldinda, oraqada so'zlarini nutqda to'g'ri ifodalashni o'rganadilar.
Kerakli jihozlar:
• Turli o'yinchoqlar.
• Yulduzchalar.
• Varraklar tasvirlangan tugallanmagan rasmlar (qog'oz o'lchami bo'yi 8 sm, eni 15 sm).
Mashg'ulotning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, biz sizlar bilan oldin ham o'ng-chap, yuqori - past, oldin-orqa, uzoq-yaqin haqida gaplashganmiz. Bugun sizlarning bilimlaringiz qanchaligini bilib olamiz. Mening stolimga turli o'yinchoqlar qo'yilgan - kuchukcha, mushuk, sigir, buzoqcha, qo'y, qo'zichoq, echki, quyon, ot, toychoq. Bolajonlar, kelib stol ustidagi hayvonlarga yaxshilab e’tibor bering va savollarga javob bering:
- Sigirning yonida nima turibdi?
- Mushukdan chapda nima turibdi?
- Qo'yning o'ng tomonida nima turibdi?
- Mushukning yonida qaysi hayvon turibdi?
- Mushukdan uzoqda qaysi hayvon turibdi? ...
Tarbiyachi o'yinchoqlarni bir-birining orqasida turadigan qilib aralashtirib qo'yadi va so'raydi:
- Qaysi hayvon birinchi ketmoqda?
- Sigir saysi hayvondan keyin ketmoqda?
-Qo'ydan oldin qaysi hayvon ketayapti? ...
Bolalar teskari qarab turadilar. Tarbiyachi o'yinchoqlardan birini olib qo'yadi va qaysi o'yinchoqning oldidagi hayvon olinganini aytishni so'raydi:
- Bolajonlar, qaysi hayvonning oldidagi hayvonni olib qo'ydim?
- Bolajonlar, qaysi hayvondan keyingi hayvonni olib qo'ydim?

Download 312.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling