Katta guruhda yil davomida oʻtkaziladigan matematika mashgʻulotlarining taqsimlanishi


Download 312.34 Kb.
bet7/25
Sana18.06.2023
Hajmi312.34 Kb.
#1589526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
Qo\'llanma. Mashg\'ulotlar

Kutilayotgan natijalar:

  • Bolalarda sanoq, geometrik shakllar va miqdor (kattalik) haqidagi tasavvurlar mustahkamlanadi.

  • Maxsus mashqlar yordamida bolalarning fazoviy tasavvurlari (chaproq, o`ng tomonda, pastda, yuqorida, o`rtasida) mustahkamlanadi.

  • Bolalar tayoqchalarning ranglarini aniqlash va farqlash ko`nikmasini egallaydilar.

Kerakli jihozlar:

  • Turli hajmdagi rangli tayoqchalar to`plami.

  • Har bir bola uchun bittadan qo`g`irchoq.

Mashg`ulotni tashkillashtirish: bolalar yarim doira shaklida joylashadilar. Har bir bolada bittadan qo`g`irchoq bo`ladi.
Mashg`ulotning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar, qo`g`irchoqlarimiz (mashinalarimiz) uchun rangli tayoqchalardan uycha quramiz (yasaymiz). Qo`lingizga 4 ta to`q sariq tayoqcha olingda, ulardan kvadrat yasang. Demak, uychaning "devorlari" tayyor bo`ldi. Endi 2 ta tayoqchadan tom yasaymiz. Tomimiz qanday shaklda bo`ldi?
Bolalar javobi: Uchburchak shaklida.
Tarbiyachi: Uyning devori va tomidan boshqa yana nimasi bo`ladi?
Bolalar javobi: Deraza, eshik, mo`ri.
Tarbiyachi: To`g`ri, 4 ta tayoqchadan deraza yasang. Deraza qaysi shaklga o`xshaydi? 3 ta sariq tayoqchadan eshik yasang, 1 ta qizil tayoqchadan mo`ri yasaymiz. Eshik bilan mo`ri qanday shaklga o`xshaydi? Qarang, qanday chiroyli uychalar paydo bo`ldi. Endi ayting, mo`ridan nima chiqadi?
Bolalar javobi: Tutun.
Tarbiyachi: Qaysi rangdagi tayoqchalardan tutun yasaymiz? Qancha tayoqcha kerak bo`ladi? (bolalarning har xil javoblari). Deraza qanday shaklga o`xshaydi? Eshik-chi? Mo`ri-chi? Endi uyimizga mehmonlarni taklif qilsak bo`ladi. Ular qanday qilib uychaga kiradilar? Eshik oldiga nima qurib berishimiz kerak?
Bolalarning javobi: Zina.
Tarbiyachi: To`g`ri, zinani biz zangori va sariq tayoqchalardan yasaymiz. Mana zina ham tayyor bo'ldi. Qani ayting-chi, zinaning eng pastidagi tayoqcha qanday rangda, eng yuqoridagisi-chi? O`rtadagisi-chi? Qo`g`irchoq zinadan ko'tarilayotganda har bir zinaning rangini aytib o`ting. Qo`g`irchoqni eng uzun zinaga qo`ying (kaltaroq, eng kaltasiga). O`rtadagi tayoqcha qanday rangda?

Download 312.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling