Katta guruhda yil davomida oʻtkaziladigan matematika mashgʻulotlarining taqsimlanishi


Bilimlarni mustahkamlash uchun o`yin: "Ha-yo`q"


Download 312.34 Kb.
bet22/25
Sana18.06.2023
Hajmi312.34 Kb.
#1589526
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Qo\'llanma. Mashg\'ulotlar

Bilimlarni mustahkamlash uchun o`yin: "Ha-yo`q".
Hozir birgalikda "Ha-yo`q" o`yinini o`ynaymiz. Avval o`yinning sharti bilan tanishib chiqamiz. Men qog`oz varag`ining qaysi joyida qanday shakl turganligini aytaman, siz "ha" yoki "yo`q" deb javob berasiz.

  1. Qog`oz varag`ining yuqorigi chap burchagiga qizil doira qo`yilgan. (Xa)

  2. Yuqorigi o`ng burchagiga ko`k doira `qo`yilgan. (Yo`q)

  3. Pastki chap burchagiga to`q sariq to`rtburchak qo`yilgan. (Xa)

  4. Qog`oz varag`ininr o`rtasida katta qizil doira qo`yilgan. (Xa)

  5. Pastki chap burchagiga yashil uchburchak qo`yilgan. (Yo`q)

  6. Yuqorigi chap burchagiga to`q sariq kvadrat qo`yilgan. (Yo`q)

Hamma yaxshi qatnashdi. Qarsak chalib bir- birimizni olqishlaymiz. Barakalla bolalar.
Bolalar uchun amaliy ish.
Bolajonlar, rasm chizishni yaxshi ko`rasizlarmi? Hozir hammamiz birgalikda rasm chizamiz. Asosiy chizadigan narsalarni men aytib turaman, qolganini siz o`zingiz xohlaganingizcha davom ettirishingiz mumkin.
Hammamiz qo`limizga sariq qalamni olamiz va qog`oz varag`ining yuqorigi o'ng burchagiga quyosh rasmini chizamiz. Hamma chizdimi?
Och ko`k qalamni olib varaqning yuqorigi chap burchagiga bulut rasmini chizamiz. Siz qanday tasavvur qilsangiz shunday chizavering.
Qora qalamni olib varaqning pastki o`ng burchagiga uycha chizamiz.
Varaqning pastki chap burchagiga daraxt va o`tlarning rasmini chizamiz. Bunda qanday rangdan foydalanamiz? (Bolalarning javobi). Juda to`g`ri.
Qog`oz varag`ining o`rtasiga uchayotgan qush rasmini chizamiz.
Endi, bolajonlar rasmni o`zingiz xohlaganday davom ettirishingiz mumkin.
Bolajonlar, endi hammamiz rasmimizni "Ijodiy ishlar ko`rgazmasi"ga ilib qo`yamiz va bir-birimizning ishimizni ko`rib chiqamiz.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:

  1. Qog`ozning yuqorigi chap burchariga nimaning rasmini chizdik?

  2. Qog`ozning pastki o`ng burchariga nimalarning rasmini chizdik?

  3. Quyosh rasmini qog`ozning qaysi burchariga chizdik?

  4. Qog`ozning pastki chap burchariga nimaning rasmini chizdik?

  5. Bulutni qog`ozning qaysi burchagiga chizdik?

Mashg`ulot yakunida barcha bolalarni rag`batlantirish.


Download 312.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling