Kutilayotgan natijalar:
Bolalar 15 soni ichida tartib bilan sanashni o`rganadilar.
Bolalarda mustaqil fikrlash va ijodkorlik rivojlanadi.
Kerakli jihozlar:
Sanoq tayoqchalari 15 ta.
Qalin va yupqa iplar.
Geometrik shakllar: doira 11 ta, kvadrat 12 ta, uchburchak 14 ta, to`rtburchak 15 ta.
Koptok.
Mashg`ulotning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, biz sizlar bilan 10 gacha sanashni o`rganib olganmiz, to`g`rimi? Bugun sizlar 10 sonidan keyingi sonlarning 5 tasi bilan tanishasizlar.
Buning uchun hammamiz oldimizdagi sanoq tayoqchalaridan foydalanamiz. Oldin 10 ta tayoqchani sanab stol ustiga terib olamiz: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10. Keyin 10 ta tayoqchaga yana 1 ta tayoqcha qo`shamiz va sanaymiz 11 (o`n bir). Hammamiz birgalikda aytamiz – o`n bir. Endi 11 ta tayoqchaga yana 1 ta tayoqcha qo`shamiz va sanaymiz, 12. Hammamiz birgalikda aytamiz - o`n ikki. 12 ta tayoqchaga yana 1 ta tayoqcha qo`shamiz va sanaymiz - o`n uch. 13 ta tayoqchaga yana 1 ta tayoqcha qo`shamiz va sanaymiz – o`n to`rt. 14 ta tayorqchaga yana 1 ta qo`shamiz va sanaymiz – o`n besh. Bolalar biz nechagacha sanashni o`rgandik?
Bolalar: 15 gacha.
Tarbiyachi: To`g`ri, bolajonlar, biz 15 gacha sanashni o`rgandik. Kelinglar, hammamiz birgalikda yana bir marta sanaymiz: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15.
Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolajonlar, stollaringiz ustida turli geometrik shakllar, qalin va yupqa iplar turibdi. Oq rangdagi qalin ipni doira shaklida qo`yasiz va unga 11 ta doira shaklini terasiz. Qizil rangdagi qalin ipni kvadrat shaklida qo`yasiz va unga 12 ta kvadrat shaklini terib chiqasiz. Sariq rangdagi qalin ipni uchburchak shaklida qo`yasiz va unga 14 ta uchburchak shaklini terib chiqasiz. Ko`k rangdagi qalin ipni to`rtburchak shaklida qo`yasiz va unga 15 ta to`rtburchak shaklini terib chiqasiz. Bolajonlar, endi e’tibor berib sanab chiqing va biz shakllarni nechtadan terib chiqqanimizni ayting. Biz hozir shakllarni terib chiqqanda 11 dan 15 gacha bo`lgan qaysi sonni ishlatmadik? Bolajonlar, endi hammamiz 15 gacha sanaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |