Kerakli jihozlar:
Mashg`ulotning borishi:
Tarbiyachi: Aziz bolajonlar, tayoqchalar yordamida turli shakllarni hosil qilishni sizlar bilan o`rgangan edik. Hozir egallagan bilimlarimizni eslab 8 ta tayoqchadan kvadrat shaklini yasaymiz. Bu kvadratning ichiga yana 4 ta tayoqcha olib shunday qo`yingki, bitta katta kvadratda 4 ta kichik kvadrat hosil bo`lsin.
Javob:
Bolajonlar, ushbu 12 ta tayoqchadan yasalgan 4 ta kichik va 1 ta katta kvadratning 3 ta tayoqchasini olib shunday qo`yamizki, natijada 3 ta bir-biriga teng kvadrat hosil bo`ladi.
Javob:
Bolajonlar, 3 ta tayoqchani olib kvadratlarning sonini va joylashishini o`zgartirishni bilib oldingiz. Endi mustaqil holda o`zingiz ham xuddi shu kvadratning sonini va joylashishini o`zgartirishga harakat qilib ko`rasizlar.
1 - topshiriq. Bolajonlar, 12 ta tayoqchadan yasalgan 4 ta kichik va 1 ta katta kvadratning 4 ta tayoqchasini olib shunday qo`yingki, natijada yana boshqacha ko`rinishda turgan 3 ta kvadrat hosil bo`lsin.
Javob:
Tetiklashtiruvchi mashq.
"Botirtoy" o`yini. 10 ta 10 smli tayoqchaning o`rtasi 5 smli taxtaga, bir uchi polga qo`yiladi. Tayoqchalarning uchi taxtadan chiqib turishi kerak. Bitta bola tayoqchalarni qo`riqlaydi. Boshqa bolalar qo`riqchiga tutqich bermasdan tayoqchalarni sochib yuborishlari lozim, so`ng sochilgan tayoqchalarni qaytadan terishlari kerak. Qo`riqchi ushlagan bolalar o`yindan chiqadi. Tayoqlarning hammasi yig`ilsa yoki barcha bolalar ushlansa o`yin qaytadan boshlanadi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
Bolajonlar, topshiriqlardan qaysi biri sizga ko`proq yoqdi?
Katta kvadratdan 4 ta kichik kvadratlar yasash uchun nechta tayoqchadan foydalandik?
12 ta tayoqchadan yasalgan 4 ta kichik kvadratlar va bitta katta kvadratning 4 ta tayoqchasining joyini almashtirib nechta kvadrat yasadik?
12 ta tayoqchadan yasalgan 4 ta kichik kvadratlar va bitta katta kvadratning, 3 ta tayoqchasini joyini almashtirib nechta kvadrat yasadik?
Mashg`ulot oxirida barcha bolalarni rag`batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |