Bilimlarni mustahkamlash uchun o`yin: "Yil fasllari".
Bolalarga 1, 2, 3, 4 sonlari tasvirlangan medalionlar tarqatiladi, bolalar medalionlarni taqib oladilar. 1 sonini olganlar 1 soni turgan stolga, 2 sonini olganlar 2 soni turgan stolga, 3 sonini olganlar 3 soni turgan stolga, 4 sonini olganlar 4 soni turgan stolga borib o`tiradilar. Shu tariqa 4 ta kichik jamoa hosil bo`ladi.
Bu sonlar fasllarni bildiradi. Masalan, 1 qishni, 2 bahorni, 3 yozni, 4 kuzni. 1 soni bo`yicha yig`ilgan bolalar qish faslini, 2 soni bo`yicha yig`ilgan bolalar bahor faslini, 3 soni bo`yicha yig`ilgan bolalar yoz faslini, 4 soni bo`yicha yig`ilgan bolalar kuz faslini kubiklar (yoki mozaika)dan yig`adilar. Bu fasl haqida bilganlarini hikoya qilib beradilar. Shu fasl haqida she’rlar, topishmoqlar aytishlari mumkin .
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
Bir yilda nechta fasl bor?
Qaysi faslda havo issiq bo`ladi?
Qaysi faslda qor yog`adi?
Qaysi faslda daraxtlarning barglari to`kiladi?
Siz qaysi faslni yaxshi ko`rasiz?
Qaysi faslda "Navro`z" bayramini nishonlaymiz?
Qaysi faslda tug`ilganingizni bilasizmi?
Yoz faslidan keyin qaysi fasl keladi?
Mashg`ulot yakunida barcha bolalarni rag`batlantirish.
30-MASHG`ULOT
Fazoviy tasavvur
Mavzu: Fazoda boshqa odamga, boshqa buyumlarga nisbatan mo`ljal olishni o`rgatish
Maqsad:
Bolalarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalar boshqa odamlarga, buyumlarga nisbatan mo`ljal olishni o`rganadilar.
Bolalarda atrofidagi odamlarga, buyumlarga nisbatan e’tibor oshadi.
Kerakli jihozlar:
Velosiped.
Qo`ng`iroqcha.
Do'stlaringiz bilan baham: |