Katta guruhda yil davomida oʻtkaziladigan matematika mashgʻulotlarining taqsimlanishi


Bilimlarni mustahkamlash uchun o`yin: "Yil fasllari"


Download 312.34 Kb.
bet24/25
Sana18.06.2023
Hajmi312.34 Kb.
#1589526
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Qo\'llanma. Mashg\'ulotlar

Bilimlarni mustahkamlash uchun o`yin: "Yil fasllari".
Bolalarga 1, 2, 3, 4 sonlari tasvirlangan medalionlar tarqatiladi, bolalar medalionlarni taqib oladilar. 1 sonini olganlar 1 soni turgan stolga, 2 sonini olganlar 2 soni turgan stolga, 3 sonini olganlar 3 soni turgan stolga, 4 sonini olganlar 4 soni turgan stolga borib o`tiradilar. Shu tariqa 4 ta kichik jamoa hosil bo`ladi.
Bu sonlar fasllarni bildiradi. Masalan, 1 qishni, 2 bahorni, 3 yozni, 4 kuzni. 1 soni bo`yicha yig`ilgan bolalar qish faslini, 2 soni bo`yicha yig`ilgan bolalar bahor faslini, 3 soni bo`yicha yig`ilgan bolalar yoz faslini, 4 soni bo`yicha yig`ilgan bolalar kuz faslini kubiklar (yoki mozaika)dan yig`adilar. Bu fasl haqida bilganlarini hikoya qilib beradilar. Shu fasl haqida she’rlar, topishmoqlar aytishlari mumkin .
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:

  1. Bir yilda nechta fasl bor?

  2. Qaysi faslda havo issiq bo`ladi?

  3. Qaysi faslda qor yog`adi?

  4. Qaysi faslda daraxtlarning barglari to`kiladi?

  5. Siz qaysi faslni yaxshi ko`rasiz?

  6. Qaysi faslda "Navro`z" bayramini nishonlaymiz?

  7. Qaysi faslda tug`ilganingizni bilasizmi?

  8. Yoz faslidan keyin qaysi fasl keladi?

Mashg`ulot yakunida barcha bolalarni rag`batlantirish.


30-MASHG`ULOT
Fazoviy tasavvur
Mavzu: Fazoda boshqa odamga, boshqa buyumlarga nisbatan mo`ljal olishni o`rgatish
Maqsad:

  • Bolalarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish.

Kutilayotgan natijalar:

  • Bolalar boshqa odamlarga, buyumlarga nisbatan mo`ljal olishni o`rganadilar.

  • Bolalarda atrofidagi odamlarga, buyumlarga nisbatan e’tibor oshadi.

Kerakli jihozlar:

  • Velosiped.

  • Qo`ng`iroqcha.


Download 312.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling