Katta guruhda yil davomida oʻtkaziladigan matematika mashgʻulotlarining taqsimlanishi


Download 312.34 Kb.
bet2/25
Sana18.06.2023
Hajmi312.34 Kb.
#1589526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Qo\'llanma. Mashg\'ulotlar

Bolalar faoliyati.
Tarbiyachi: Bolajonlar, mana oʻtloqqa ham chiqdik. Oʻtloqda hayvonlar tushlik qilishmoqda. Davradagi olmaxonda 1 ta yongʻoq, ayiqda—chi 1 ta asalli koʻza, tipratikanda 1 ta olma, quyonchada esa nimagadir hech narsa yoʻq. Bolajonlar, quyoncha nima yeyishni yaxshi koʻradi? Toʻgʻri, bolajonlar, quyoncha sabzi yeyishni yaxshi koʻradi, shu sababli quyonchaga 1 ta sabzi chizib beramiz. Qani qalamlarni ishga soling, quyonchani xursand qiling. Soʻng hayvonlarni sanab chiqing. Nechta ekan? (4 ta). Oʻtloqdagi hayvonlar ichida eng kattasi qaysi hayvon? Eng kichkinasi — chi ?
Bolalar faoliyati.
Tarbiyachi: Bolajonlar, mana bu daraxt shoxidagi olmaxonlarni sanang-chi, ular nechta ekan? (5 ta) Olmaxonlarning har birida nechtadan yong'oq bor? (1 tadan) Hamma olmaxonda nechta yong'oq bor? Qani bolajonlar, yongʻoqlarni sanab chiqamiz. Yongʻoqlar nechta ekan? (5 ta).
Tarbiyachi: Bolajonlar, oʻrmonda shunday chiroyli koʻl bor ekan —a! Koʻlda nechta oqqushlar suzib yurishibdi. Qani sanab koʻringlar-chi. (6 ta) Endi yoʻlda davom etamiz.
Tarbiyachi: Bolajonlar, qaranglar, 100 yoshga kirgan daraxt yonidan chiqib qoldik. Uning tagida qoʻziqorinlar oʻsadi. Daraxtning oʻng tomonidagi 6 ta qoʻziqorin koʻrinib turibdi—yu, chap tomonidagi 1 ta qoʻziqorin koʻrinmay turibdi. Siz oʻzingiz daraxtning chap tomoniga 1 ta qoʻziqorin chizib qoʻya qoling. Endi sanab chiqing, jami Qoʻziqorinlar nechta boʻldi? (7 ta).
Tarbiyachi: Daraxtda 8 ta chumchuq bor edi. “Pir" etib hammasi uchib ketdi. Lekin rasmdagidek, — osmonda ularning yettitasi koʻrindi. Jami 8 ta boʻlishi uchun nechta qush chizishingiz kerak? (1 ta) Endi hammasini sanang, nechta boʻldi? (8 ta).
Bolalar faoliyati.
Tetiklashtiruvchi mashq.
Tarbiyachi: Qushlar osmonda mazza qilib uchadi, toʻgʻrimi, bolajonlar? Hammamiz oʻrnimizdan turamiz. Qoʻllarimizni 2 tomonga yoyib, xuddi qushlarning qanotidek silkitamiz. Kallamizni oʻngga, chapga buramiz, yana qoʻllarimizni silkitamiz.
Endi oʻtirib yana oʻrmondagi sayohatimizni davom ettiramiz.
Bolajonlar, qaranglar qanday chiroyli gullar. Qancha gullar ochilib turibdi? (8 ta) Gullar 9 ta boʻlishi uchun yana nechta gul chizishimiz kerak? Toʻgʻri, 1 ta gulni chizinglar va ochilib turgan gullar 9 ta boʻlsin.
Tarbiyachi: Bolajonlar, qaranglar, bu olma daraxti—ku!
Zap olmalar pishibdi,
1 tasi yerga tushibdi,
9 tasi shoxda — shirin
Terib yeng birin —ketin!
Hammasi, ayting nechta?
12 ta deysizmi? ) Hech — da... (10 ta)
Daraxtda nechta olma bor ekan? (9 ta)
Endi, yerga tushgan olmani chizing. Jami 10 ta olma boʻlsin.
Tarbiyachi: Bolajonlar, chizgan rasmlaringizni boʻyab chiqing. Men hozir rasmlaringizni koʻrib chiqaman. Bolajonlar, hammalaringiz juda yaxshi rasmlar chizibsizlar, barakalla. Rasmlarni "Ijodiy ishlar" burchagiga ilib qoʻyamiz.

Download 312.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling