Katta guruhda yil davomida oʻtkaziladigan matematika mashgʻulotlarining taqsimlanishi


Download 312.34 Kb.
bet25/25
Sana18.06.2023
Hajmi312.34 Kb.
#1589526
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Qo\'llanma. Mashg\'ulotlar

Mashg`ulotning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, sizlar o`ng-chap, orqa-oldin, yonida-uzoqda kabi tushunchalarni juda yaxshi tushunasizlar. Hozir sizlar bilan turli o`yin-topshiriqlarni bajaramiz va bilimlaringizni sinovdan o`tkazamiz.
O`ngda- chapda, oldinda-orqada” o`yini.
Bu o`yin orqali bolalar boshqa odamlarga nisbatan mo`ljal olishni o`rganadilar. Bolalar doira bo`lib turadilar. Tarbiyachi ham ular qatorida turadi.
Tarbiyachi: Bolajonlar, hammamiz 1-2 deb sanaymiz va qaysi sonni aytganimizni eslab qolamiz. Men boshlab beraman, mening chap tomonimdagi bola davom ettiradi. 1... (Tarbiyachidan keyin chap tomonidagi boladan boshlab sanashni boshlaydilar).
Hamma sanab bo`lganidan keyin, tarbiyachi topshiriq beradi: Bolajonlar, kimlar 2 deb sanagan bo`lsa, 1 deb sanagan bolaning o`ng tomoniga turib olsin. Kimlar 1 deb sanagan bo`lsa, 2 deb sanagan bolalarning orqasiga turib olsin. 2 deb sanagan bolalar 1 deb sanagan bolalarning chap tomoniga turib olsinlar. O`yin shu tariqa davom etadi.
Harakatdagi velosiped” o`yini.
Bu o`yin yordamida bolalar buyumlarga nisbatan mo`ljal olishga o`rgatiladi. Bolalar doira bo`lib turadilar.
Tarbiyachi: Bolajonlar, endi sizlar bilan "Harakatdagi velosiped" o`yinini o`ynaymiz. Hozir men turli transportlar haqida topishmoqlar aytaman. Topishmoqni topgan bola velosipedni harakatlantiradi. Diqqat qiling, topishmoq:
Yozda toycha,
Qishda xurjun. (Velosiped)
Topishmoqning javobini aytgan bola velosipedga o`tirib haydaydi va bir bolaning oldiga, birining orqasiga, yana birining o`ng tomoniga, boshqasining chap tomoniga borib turadi. Bola velosiped o`zining qaysi tomonida ekanligini aytishi lozim.
"Qo`g`irchoqcha qayerda jiringlayapti" o`yini.
Maqsad: Fazoda mo`ljal olish malakasini mustahkamlash, bola lug`atida o`ngda-chapda, oldinda-orqada, yuqorida-pastda kabi so`zlarni faol ishlatish, eshitish qobiliyatini rivojlantirish.
Bir bolaning ko`zi bog`lanadi. Ikkinchi bola guruh xonasi bo`ylab qo`ng`iroqcha bilan yuradi. Qo`ng`iroqchani turli joylarda jiringlatadi. Birinchi bola o`zidan qaysi tomonda jiringlayotganini aytadi. (Mendan o`ng tomonda chalindi va hokazo.)
Kim bir qancha marta qo`ng`iroq ovozi chiqqan tomonni to`g`ri topsa, o`sha g`olib bo`ladi va qo`ng`iroqchani chaladi. Tovush tomonni to`g`ri aniqlayotgan bolalarga vazifani murakkablashtirish mumkin. Maysalan: Oldin 2 - 3 tomonda navbat bilan qo`ng`iroq chalinadi va tovushlar qaysi tomondan kelayotganini bola gapirib berishi kerak. "Birinchi tovush oldinda, ikkinchisi chapda, uchinchisi o`ngdan eshitildi".
Bolalar bilimini mustahkamlash va tekshirish uchun savollar:

  1. Bugun qaysi o`yinlarni o`ynadik?

  2. O`ng va chap, orqa va oldinni bilasizmi? Ko`rsatib aytib bering. Mashg`ulot yakunida barcha bolalarni rag`batlantirish.




Download 312.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling