Tetiklashtiruvchi mashq.
Tarbiyachi: Bolalar, endi hammamiz o`rnimizdan turamiz. Doira bo`lib turib olamiz. Qo`llarimizni yonga cho`zamiz va qo`limizning kaftini bir-birimiznikiga 15 marta tekkizamiz. Qo`llarimizni yuqoriga ko`tarib 15 marta chapak chalamiz, 15 marta barmoqlarimizni musht qilib ochamiz.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o`yin:
"Kim bilsa-davomini sanasin".
"Kim bilsa - davomini sanasin" o`yini sonlarning natural qatorining tartibiga amal qilishga, to`g`ri va teskari hisoblash mashqlari, xotira, diqqatni rivojlantirishga qaratiladi. O`yinda koptokdan foydalaniladi. Bolalar yarim doira yoki doira bo`lib turadilar. Doiraning o`rtasida o`yinni olib boruvchi turadi. Tarbiyachi o`yin boshlanishidan oldin bolalar bilan ular qanday tartibda (to`g`ri yoki teskari) sanashlarini kelishib oladi. Olib boruvchi bolalardan biriga koptokni otadi va raqamni aytadi. Koptokni ilib olgan o`quvchi keyingi raqamni sanashi kerak.
O`yin tezlik tempida o`tadi va bolalarning unda eng ko`p qatnashishiga imkon berish uchun shuncha marta qaytariladi. O`yin davomida bolalarning 15 gacha to`g`ri sanash malakalari mustahkamlanadi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
Biz bugun nechagacha sanashni o`rgandik?
10 dan keyin qaysi son keladi?
13 dan oldingi va keyinri sonlarni ayting.
12 dan oldin qaysi son turadi?
14 dan keyingi sonni ayting.
Mashg`ulot yakunida barcha bolalarni rag`batlantirish.
23-MASHG'ULOT
Geometrik shakllar
Mavzu: Tayoqchalardan hosil bo`lgan geometrik shakllardan bir nechta tayoqchani olish usuli bilan ko`rinishini o`zgartirish.
Maqsad:
Bolalarning matematik tafakkurini o`stirish va muammoli vaziyatlarda to`g`ri yechim topishni o`rgatish.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalar berilgan ma’lum shaklning ba’zi qismlarining joyini o`zgartirish bilan yangi shakl yasash qismlarining mumkinligini bilib oladilar.
Bolalar muammoli vaziyatda to`g`ri yechim topishni va muammoni hal qilishni o`rganadilar.
Bolalarda ijodkorlik va e’tiborlilik oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |