Katta guruhda yil davomida oʻtkaziladigan matematika mashgʻulotlarining taqsimlanishi


Download 312.34 Kb.
bet15/25
Sana18.06.2023
Hajmi312.34 Kb.
#1589526
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
Qo\'llanma. Mashg\'ulotlar

Kerakli jihozlar:

  • Xaritalar (O`lchami bo`yi 12 sm, eni 20 sm) ,

  • Buratino (yoki boshqa ertak qahramo ni).

  • Turli shakldagi bayroqchalar.

Mashg`ulotning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, sizlar ko`rsatilgan yo`nalish bo'yicha harakat qilishni juda yaxshi o`rganib olgansizlar. Bugun men sizlarga juda qiziq topshiriq tayyorlab qo`ydim. Ikkitadan bo`lib mana bu kartalardan birini olasiz. Xonamizdagi narsalar kartalarda ma’lum belgilar bilan belgilab qo`yilgan. Avval belgilar nimalarni bildirishini o`rganib olasizlar. Keyin esa shu belgilar va ularga qo`yilgan sonlar bo`yicha harakat qilasizlar. 1 soni qo`yilgan joyni topasiz va shu joydan boshlab strelka bo`yicha 2 soni qo`yilgan tomonga harakatlanasiz. So`ng 3, 4, 5, 6 sonlari bilan belgilangan joylarga harakatlanib marraga yetib kelasiz.

1 - tarbiyachining stoli


2- shkaf
3- bolalar stoli
4 - tinchlanish xonasi
5-so`ri
6-marra
Bu xarita bilan ishlash uchun quyidagi savollarga javob berishlaringiz kerak:

  1. Xaritada qanday geometrik shakllar tasvirlangan?

  2. Xaritada nechta geometrik shakllar chizilgan?

  3. Birinchi shakl xonadagi qaysi buyumga o`xshaydi?

  4. Ikkinchi shakl xonadagi qaysi buyumga o`xshaydi?

  5. 4-shakl xonaning qayerida joylashgan?

  6. 3-shakl nimaning shakli?

  7. 5-shakl xonaning qayerida joylashgan?

  8. 5-shakl nimaning shakli?

Bilimlarni mustahkamlash uchun o`yin: "Bayroqchaga qarab yur".
Bu o`yin bolalarning xotirasini, diqqatini rivojlantiradi.
Bolalarning fazoviy tasavvurlarini mustaskamlaydi.
Tarbiyachi mashg`ulot boshlanishidan oldin xonaning turli joylariga bayroqchalar qo`yib chiqadi. Buratino yoki boshqa ertak qahramoni tarbiyachi yordamida bolalarga topshiriq beradi: "Derazagacha borib, o`ngga 3 qadam yur va uchburchak shaklidagi bayroqchani ol", bola topshiriqni bajarib bayroqchani topadi. Bolalar bunday topshiriqlarni osongina bajarsalar, topshiriqlar murakkablashtiriladi. Masalan: "5 qadam oldinga yur, chapga o`giril, yana 2 qadam yur, o`ngga buril. U yerda to`rtburchak shaklidagi bayroqchani topasan". O`yin bir necha marta takrorlanadi.

Download 312.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling