Katta guruhda yil davomida oʻtkaziladigan matematika mashgʻulotlarining taqsimlanishi


Download 312.34 Kb.
bet12/25
Sana18.06.2023
Hajmi312.34 Kb.
#1589526
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
Qo\'llanma. Mashg\'ulotlar

Bolalarning javoblari.
Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Hafta kunlarini kattalar taqvimdan biladilar. Biz kattalarpikidan farq qiladigan mana bunday taqvim asosida hafta kunlarini o`rganamiz. Istalgan kunni bizning taqvimdan doirachalardagi raqamlardan bilish mumkin.
1 raqami - dushanba
2 raqami – seshanba
3 raqami - chorshanba
4 raqami – payshanba
5 raqami - juma
6 raqami - shanba
7 raqami – yakshanbani
bildiradi.
Bolalar o`zlaridagi taqvim bilan ishlaydi. "Hafta" taqvimini "0b-havo" taqvimi bilan yonma-yon ilib qo`yish mumkin, bolalar har kuni strelka bilan haftaning o`tayotgan kunini belgilaydilar.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o`yin: "Hafta".
Kerakli jihozlar: Hafta kunlarini ifodalovchi (shartli ravishda) 1 dan 7 gacha son bilan ko`rsatilgan kartochkalar jadvali.
O`yin mazmuni: Tarbiyachi 1 raqami yozilgan kartochka dushanbani bildirishini, 2 raqami yozilgan kartochka - seshanbani bildirishini va nihoyat 7 raqami yozilgan kartochka yakshanbani bildirishini tushuntiradi.
Bolalar xor bo`lib hafta kunlarining nomini takrorlaydilar. Tarbiyachi 7 ta bolani chaqiradi va ularga kartochkalarni beradi. 7 ta bolaning har biri haftaning qaysi kuni bo`lganligini aytadi.
So`ngra tarbiyachi haftaning istagan kunini aytadi, masalan: "chorshanba". O`zini "chorshanba" deb aytgan bola birinchi bo`lib turadi. "Hafta saflan!" komandasiga muvofiq bolalar chorshanbadan oldin va keyin to`g`ri ketma - ketlikda saflanishlari kerak . Agar safda xato bo`lsa boshqa bolalar to`g`rilaydilar va hafta kunlarini tartib bilan aytadilar. O`yin shu tarzda davom etadi.
Tarbiyachi: Bolajonlar, sizlarga aytgan topishmog`im nima haqida ekan?
To`g`ri, hafta kunlari haqida.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:

  1. Bir haftada necha kun bor?

  2. Qaysi kunlari biz dam olamiz?

  3. Seshanbadan keyin qaysi kun keladi?

  4. Juma kunidan keyin qaysi kun keladi?

  5. Chorshanbadan keyin qaysi kun keladi?

Mashg`ulot yakunida bolalarni rag`batlantirish.



Download 312.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling