Katta guruhda yil davomida oʻtkaziladigan matematika mashgʻulotlarining taqsimlanishi


Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 312.34 Kb.
bet10/25
Sana18.06.2023
Hajmi312.34 Kb.
#1589526
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
Qo\'llanma. Mashg\'ulotlar

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

  1. Biz birgalikda “Qo`zichoq va qarg`a” ertagini sahnalashtirdik. Qachon bo`lgan voqea haqida gapirayapman?

  2. Qachon biz sizlar bilan kecha, bugun va ertaga haqida gaplashdik?

  3. Qachon Kamoljon ertalabki mashqni bizga bajartirdi?

  4. Qachon turli qiziqarli o`yinlar o`ynaymiz?

  5. Kecha bog`chaga qaysi bola eng birinchi keldi?

  6. Bugun bog`chaga qaysi bola eng birinchi keldi?

Mashg`ulot yakunida bolalarni rag`batlantirish.
12-MASHG`ULOT
Geometrik shakllar
Mavzu: Tayoqchalar yordamida turli muammoli vazifalarni hal qilishni o`rgatish
Maqsad:

  • Bolalarning geometrik shakllar to`g`risidagi tasavvurlarini kengaytirish.

Kutilayotgan natijalar:

  • Bolalar muammoli vazifalarni hal qilishni o`rganadilar.

  • Ma’lum miqdordari tayoqchalardan turli reometrik shakllar yasash va shakllar ko`rinishini aytilgan sondagi tayoqchalarni olish yo`li bilan o`zgartirishni o`rganadilar.

Kerakli jihozlar:

  • Tayoqchalar (o`lchami 10 sm).

Mashg`ulotning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, biz sizlar bilan tayoqchalardan turli shakllarni, buyumlarni yasashni o`rgangan edik. Bugun yana tayoqchalardan turli shakllarni yasaymiz va tayoqchalardan yasalgan uycha hamda kalitchadan tayoqchalarni olish yo`li bilan ko`rinishini o`zgartirishni o`rganamiz.
Har birimizda nechta tayoqcha bor? Birgalikda sanab, tayoqchalarning qanchaligini bilib olamiz: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10. Tayoqchalarimiz nechta ekan?
Bolalar: 10 ta
Tarbiyachi: Bolajonlar, hozir sizlarning stollaringizga geometrik shakllardan birini qo`yaman. Sizlar 10 ta tayoqchadan shu shaklni yasaysizlar. 1 - stoldagilar doira shaklini, 2 - stoldagilar uchburchak shaklini, 3 - stoldagilar to`rtburchak shaklini, 4 - stoldagilar kvadrat shaklini, 5 - stoldagilar oval shaklini yasaydilar. Endi yasagan shakllarimizni o`zgartiramiz va hammamiz uchburchak shaklini yasaymiz. Endi kvadrat yoki to`rtburchak shaklini yasaymiz. Ulug`bek, sen qaysi shaklni yasading? Kamol, sen-chi, qaysi shaklni yasading? Endi hammamiz doira shaklini yasaymiz.
Tarbiyachi: Bolajonlar, endi muammoli topshiriqni hal qilishni o`rganamiz. Hammamizda 10 ta tayoqcha bor, to`g`rimi? 10 ta tayoqchaga yana bitta tayoqcha qo`shsak, tayoqchalar 11 ta bo`ladi. 11 ta tayoqchadan mana bunday uycha yasang. 1 ta tayoqchani olib shunday qo`yingki, uycha boshqa tomon bilan qarasin.









Download 312.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling