Katta guruhda yil davomida oʻtkaziladigan matematika mashgʻulotlarining taqsimlanishi


Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar


Download 312.34 Kb.
bet16/25
Sana18.06.2023
Hajmi312.34 Kb.
#1589526
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
Qo\'llanma. Mashg\'ulotlar

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:

  1. Xarita bilan harakatlanish oson bo`ldimi yoki aytib turilgan topshiriq asosida harakatlanishmi?

  2. Xarita asosida marraga yetish uchun nechta joydan o`tdingiz?

  3. Chap qo`lingizni balandga ko`taring, o`yin davomida necha marta chapga yurganligingizni eslay olasizmi?

  4. O`ng qo`lingizni balandga ko`taring, o`yin davomida necha marta o`ng tomonga yurganligingizni eslay olasizmi?

Mashg`ulot yakunida bolalarni rag`batlantirish.


21-MASHG`ULOT
Vaqt haqida tasavvur
Mavzu: Yil fasllari bilan tanishtirish va fasllarning nomini tog`ri aytishga o`rgatish
Maqsad:

  • Bolalarda yil fasllari to`g`risida tushuncha hosil qilish.

Kutilayotgan natijalar:


  • Bolalarda yil fasllari - qish, bahor, yoz, kuz haqida tushuncha hosil bo`ladi.

  • Bolalar qish, bahor, yoz, kuz, yil fasllari so`zlarini nutqda tushungan holda qo`llash ko`nikmasini egallaydilar.

Kerakli jihozlar:

  • Yil fasllari tasvirlangan suratlar (o`lchami: bo`yi 15 sm, eni 20 sm).

  • 4 xil rangdagi doira shakli.

  • Bo`yi 12 sm, eni 20 sm o`lchamdagi qog`ozda tugallanmagan rasmlar (har bir bolaga).

Mashg`ulotning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, hech e’tibor berganmisiz, ba’zida havo issiq bo`ladi, ba’zida yomg`ir yog`adi, ba’zida havo sovuq bo`lib qor yog`adi. Tabiatdagi bu o`zgarishlar ma’lum vaqtlarda bo`ladi va bu vaqtlarning o`z nomi bor.
Hozir sizlarga topishmoq aytaman, topishmoqni nima haqida ekanligini topasizlar:
Kelib ketar bir yilda,
To`rt og`ayni har xilda. (To`rt fasl)
Bolalar topishmoqni topganlaridan keyin tarbiyachi fasllar tasvirlangan suratlarni ko`rsatib fasllar haqida to`liq tushuncha beradi va so`raydi:
-Bolajonlar, bahor, yoz, kuz, qishni birgalikda qanday atashimiz mumkin? (Bolalarning javoblari).
-Bolajonlar, hozir qaysi fasl? (Bolalarning javoblari).

Download 312.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling