Katta guruhda yil davomida oʻtkaziladigan matematika mashgʻulotlarining taqsimlanishi


Download 312.34 Kb.
bet23/25
Sana18.06.2023
Hajmi312.34 Kb.
#1589526
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Qo\'llanma. Mashg\'ulotlar

26-MASHG`ULOT
Vaqt haqida tasavvur
Mavzu: Yil fasllari: "Bu qachon sodir bo`ladi?" o`yini
orqali bilimlarni mustahkamlash
Maqsad:

  • Bolalarning yil fasllari haqidagi bilimlarini mustahkamlash.

Kutilayotgan natija:

  • "Bu qachon sodir bo`ladi?" o'yini orqali, bolalarning yil fasllari to`g`risidagi bilimlarini mustahkamlash.

  • Bolalar yil fasllarida sodir bo`ladigan hodisalarni bilib oladilar.

Kerakli jihozlar:

  • 1, 2, 3, 4 sonlari tasvirlangan medalionlar.

  • 1 dan 4 gacha raqamlar tasvirlangan kartochkalar (8x8 sm).

  • Yil fasllari tasvirlangan yig`ma kubiklar (yoki mozaika).

Mashg`ulotning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, men sizlarga bir ertak aytib beraman.
"Bor ekanda, yo`q ekan, och ekanda, to`q ekan. Hozirgi zamonda to`rt og`a-ini yashar ekan. Har bir og`a-ini bir yilda uch oy o`ziga yarasha ishlarni qilar va yana bulutlar orasidagi go`zal go`shaga "Bulutlar qasriga" qaytar ekan. Ular navbati bilan to`qqiz oy dam olar ekan".
Bolalar, ertak nima haqidaligini bilib oldinglar deb o`ylayman, bilib olmaganlar ertagimning davomini eshitsin.
"Bu aka-ukalar, albatta fasllardir. Ulardan birinchi bo`lib qish qilich yalang`ochlab kirib kelar ekan va kunlar sovub, qor yog`ar ekan. Quyosh ham ko`p chiqmas ekan. Lekin, yaxshi tomonlari ham bor ekan. Bolalar mazza qilib qor o`ynashar, "Yangi yil" bayramini orziqib kutishar ekan. Qishning kunlari asta yakunlangach, qish fasli odamlardan mamnun holda, o`rnini bahor fasliga qoldirib, "Bulutlar asri"ga yo`l olar ekan.
"Bahor" fasli o`zi bilan do`sti "boychechakni" olib kelar ekan. Uzoq o`lkalarga uchib ketgan qushlar yana o`lkamizga qaytib kelar ekan. Bahor faslida odamlar yanada quvnoq bo`lar ekan, sababi bu oyda yomg`ir yog`ib "Kamalak" chiqar, gullar ochilib, daraxtlar gullab - olam gullarga burkanar ekan. Bahor faslida oyijonlarimizning bayrami "8-mart" va "Navro`z" bayramini nishonlaymiz. Bahor oyi mamnuniyat bilan "Bulutlar qasri"ga qaytib ketar ekan. Bahordan keyin navbat "Yoz" fasliga kelar ekan. "Yoz" faslida havo juda issiq bo`lgani uchun ko`plab ekinlar, sabzavotlar, mevalar pishib yetilar ekan. Yozda bolalar mazza qilib oromgohlarda dam olishar, cho`milishar, turli o`yinlar o`ynab, sport bilan shug`ullanib kuch to`plashar ekan.
"Yoz" fasli yakunlangach, "Kuz" kelar ekan. Kuzda havo salqin bo`lib, ba’zida yomg`ir yog`ar ekan. "Kuz"da o`lkamizdagi ko`p qushlar issiq o`lkalarga uchib ketadi. Daraxtlarning barglari har xil rangga kiradi va to`kiladi. Barcha ekinlar va mevalar pishadi. "Kuz" fasli ham har xil sho`xliklar qilib o`z qasriga qaytar va "qish" bobo yana fasllarni davom ettirar ekan "
Tarbiyachi: Bolalar, qaysi faslda nima sodir bo`lishini bilib oldik, yana bir takrorlaymiz.

  1. Qor yog`adi, quyosh kam chiqadi, sovuq havo bo`ladi, "Yangi yil" bayrami o`tkaziladi. Bu qachon sodir bo`ladi ? Qishda

  2. Yomg`ir yog`adi, osmonda "Kamalak" paydo bo`ladi, turli xil gullar ochiladi, daraxtlar gullaydi, "Navro`z" bayrami nishonlanadi. Dehqonlar turli ekinlarni ekishadi. Qushlar uzoq o`lkalardan uchib kelishadi. Bu qachon sodir bo`ladi? Bahorda

  3. Turli sabzovotlar, mevalar pishadi, havo juda issiq bo`ladi. Bolalar ta’tilga chiqib dam oladilar. Bu qachon sodir bo`ladi? Yozda

  4. Kunlar asta soviydi, daraxtlarning bargi to`kiladi, qushlar qishlash uchun issiq o`lkalarga uchib ketadi, yomg`ir yog`adi. Bu qachon sodir bo`ladi? Kuzda


Download 312.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling