Katta guruhlar psixologiyasiga xos xususiyatlari Reja


Referent (yo'naltiruvchi) bo'lmagan guruh - bu psixologiyasi va xatti-harakati odamga begona yoki befarq bo'lgan guruh. Antireferensial guruh


Download 68.5 Kb.
bet2/4
Sana22.06.2023
Hajmi68.5 Kb.
#1649659
1   2   3   4
Bog'liq
Katta guruhlar psixologiyasiga xos xususiyatlari

Referent (yo'naltiruvchi) bo'lmagan guruh - bu psixologiyasi va xatti-harakati odamga begona yoki befarq bo'lgan guruh.
Antireferensial guruh - bu a'zolarining xatti-harakati va psixologiyasini shaxs qabul qilmaydigan, qoralaydigan va rad etadigan guruh.
Diffuz guruh (lot. - tarqoq) - yomon tashkil etilgan odamlar guruhi (sinfdagi o'quvchilar, maktab o'qituvchilari), ularda yagona maqsad, etakchi, yagona maqsadli faoliyat, an'analar va ijtimoiy tuzilma rivojlanmagan. Bunday guruh faqat yuqori tizim rahbarining "yuqoridan" buyrug'i bilan ishlaydi. Diffuz guruhlar ko'pincha o'z a'zolarining aloqalari va munosabatlari hali o'rnatilmagan, rivojlanishining dastlabki bosqichida paydo bo'ladigan jamoalardir. Bunday guruhlar o'z-o'zini tarbiyalash mexanizmiga ega emasligi sababli, ular o'zlariga doimiy e'tibor, katta boshqaruv harakatlari va qat'iy tizimli nazoratni talab qiladi.
Diffuz (tarqalgan) guruh - unda qadr-qimmatga yo'naltirilgan birlik sifatida qo’llab-quvatlashning yo'qligi, uning a'zolarining munosabatlarida vositachilik qila oladigan qo'shma faoliyat mavjud bo'lmagan jamoa.
Katta guruhlar uni tashkil etuvchilarning maqsadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlariga qarab, uyushgan va uyushmagan turlarga kichiklari esa o`z navbatida endi shakllanayotgan diffuz hamda taraqqiyotning yuksak pog'onasida ko'tarila olgan jamoa turlariga bo`linadi. Guruhlarning ijtimoiy psixologiya uchun ayniqsa muhim hisoblangan turlariga ta`rif berish va ularning psixologik qonuniyatlarini o`rganishni maqsad qilib qo’ygan xolda, bevosita katta guruhlarning ijtimoiy psixologik qonuniyatlarini o`rganishga o’tamiz.
Katta guruhlar psixologiyasiga xos xususiyatlar va ularni ilmiy tadqiq qilish printsiplari. Katta guruhlar kishilarning shunday birlashmalariki, undagi odamlar soni avvalo ko`pchilikni tashkil etib, ma`lum sinfiy, ilmiy, irqiy, professional belgilar ularning shu guruhga mansubligini ta`minlaydi. Katta guruhlarni tashkil etuvchilar ko`p sonli bo`lganligi va ular xulq-atvorini belgilovchi mexanizmlarning o`ziga xosligi tufayli bo`lsa kerak, ijtimoiy psixologiyada olimlar ko`pincha kichik guruhlarda ish olib borishini afzal kuradilar. Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va mafkuraviy ahamiyatiga ega. Bu sohadagi tadqiqotlarning kamligi bir tomondan, aytib o’tilganidek, ko`pchilikni qamrab olishda kiyinchiliklar bo`lsa, ikkinchi tomondan, katta guruhlar psixologiyasini o`rganishga karatilgan metodik ishlar zaxirasining kamligidir. Masalan, ishchilar yoki ziyolilar sinfi psixologiyasi o`rganilishi kerak, deylik.
Avvalo o’sha ishchilarning soni ko`p, qolaversa, ishchilarning o`zi turli ishlab chiqarish sharoitlarida ishlayotgan, turli iqlim sharoitlarida yashayotgan turli millatga mansub kishilardir. Ularning barchasini kamrab oladigan yagona ishonchli metodikani topish masalasi tadqiqotchi oldiga juda jiddiy muammolarni ko’yadi. Shuning uchun ham har bir katta guruhga taalluqli bo`lgan asosiy yetakchi sifatni topish va shu asosda uning psixologiyasini o`rganish hozircha ijtimoiy psixologiyadagi asosiy metodologik qo`llanma bo`lib kelmoqda.
Qolaversa katta guruhlar jamiyatning tarixiy taraqqieti mobaynida shakllangan guruhlar bo`lgani uchun ham har qanday guruhni o`rganishdan oldin, hoh bu sinflar bo`lsin, hoh millatlar yoki xalklar psixologiyasi bo`lsin, uning hayot tarzi, unga xos bo`lgan odatlar, udumdar, an`analar o`rganiladi. Ijtimoiy psixologik ma`noda, hayot tarzini o`rganish deganda, u yoki bu guruhga taluqli bo`lgan kishilar o’rtasida amalga oshiriladigan muloqot tiplari, o`zaro munosabatlarda ustun bo`lgan psixologik omillar, qiziqishlar, qadriyatlar, ehtiyojlar va boshqalar nazarda tutiladi. Ana shularning umumiyligi tufayli har bir shaxsda, ya`ni u yoki bu katta guruhga mansub bo`lgan shaxsda tipik hislatlar shakllanadi.
Masalan, 90 yillarning yoshlariga xos bo`lgan tipik sifatlar ana shu yoshlar o’rtasida keng tarqalgan urf-odatlar, moda, so`zlashish xususiyatlari, kadriyatlar, qiziqishlar va xokazolar tufayli shakllanadi. SHuning uchun ham 20 yoshli kishining psixologiyasini tulik ravishda o`rganish uchun undagi bilish jarayonlarining o`ziga xosligi, shaxsi, harakteri va individual psixo­logik xususiyatlaridan tashkari, yana unga uxshash yoshlarda ustun bo`lgan psixo­logik hislatlarining kanchalik namoyon bo`lishini, u mansub bo`lgan va asosan vaktini utkazadigan guruhlar psixologiyasini, milliy sifatlarini ham na­zarda tutish ularni o`rganish zarur. Bu degani, har bir shaxs ongida uning yakka, alohida orttirgan shaxsiy tajribasiga aloqador psixologik tizimlardan tashqari, uning qaysi millat. elat sinfi mansubligi singdirilgan psixologik tizimlar ham mavjuddir va uni ilmiy tadqiqotchi inqor etmasligi kerak.
Jamiyat miqyosida ro'y beradigan ommaviy hodisalar ijtimoiy psixologiya uchun tadbiqiy ahamiyatga ega. Ijtimoiy psixologiyada ommaviy hodisalar deganda turli kishilar guruhida shaxslararo munosabatlar va o'zaro ta'sir jarayonlari; milliy etnopsixologiya hamda sinflar psixologiyasi muammolari; milliy madaniyat, urf-odatlar, an'analar, udumlar, aqidalarning shaxs shakllanishidagi roli; olomon psixologiyasiga oid psixologik qonuniyatlar; turli guruhlarda odamlarning bir-birini idrok qilishlari va tushunishlari, o'zaro ta'sir masalalari tushuniladi.
Chunki alohida shaxs tarbiyasida ommaviy hodisalarning, katta guruhlarning tasirini inkor etish - masalaga bir yoqlama yondashish bilan barobardir. Masalan, shaxs uchun u mansub bo'lgan millat, elat yoki xalqning ruhiyati, uning ongidagi asrlar davomida saqlanib kelayotgan ananalar, rasm-rusumlar, aqidalar, udumlar, faoliyat stereotiplari kabilar o'z muayyan tasir kuchiga ega.

Download 68.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling