Katta guruhlar psixologiyasiga xos xususiyatlari Reja


Download 68.5 Kb.
bet1/4
Sana22.06.2023
Hajmi68.5 Kb.
#1649659
  1   2   3   4
Bog'liq
Katta guruhlar psixologiyasiga xos xususiyatlari


Katta guruhlar psixologiyasiga xos xususiyatlari


Reja:
1. Ijtimoiy guruhlar
2. Ommaviy hodisalarning katta guruhlarga tasiri
3. Ideologiya (mafkura, goya) va ijtimoiy psixologiya
Foydalanilgan adabyotlar

Ijtimoiy guruhlar
Har bir shaxs o`z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar ta`sirida amalga oshiriladi. Chunki, jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman qo’shilmaydigan individning o`zi yo`q, kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan muloqotda, o`zaro ta`sirda bo`ladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida ro’y beradi. SHuning uchun ham guruhlar muammosi, uni o`rganish va guruhlarning shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chiqarish ijtimoiy psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir.
Psixologik ma`noda guruh bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat mu­loqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Demak olimlar guruhi tashkil topishi uchun albatta qandaydir umumiy maqsad yoki tilaklar, umumiy belgilar bo`lishi shart. Masalan, talabalar guruhi uchun umumiy narsalar ko`p (o`quv faoliyati, bilim olish, yoshlarga xos birliklar (o’spirin yoshlar), ma`lum o`quv yurtida ta`lim olish istagi va xokazo. Ko’chada bi­ror tasodif ro’y berganligi uchun to’plangan kishilar uchun ham umumiy bo`lgan narsa bor bu qiziquvchanlik bo`lib o’tgan xodisaga guvoxlik, unga umumiy munosabatdir.
Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o`ziga xos qonuniyatlarga bo’ysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlarni boshqarish va ana shu guruhlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir.
Guruhlarning turlari ko`p, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha klassifikatsiya qiladilar. Bizning nazarimizda, G. M. Andreevaning "Ijtimoiy psixologiya" darsligida klassifikatsiya guruhlarining asosiy turlarini o`z ichiga kamrab olgan. U har qanday kishilar guruhini avvalo shartli va real guruhlarga bo`ladi. Real guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarda tu­plangan laboratoriya tipidagi hamda tabiiy guruhlarga bo`linadi. Konkret faoliyat odamlarning tabiiy ehtiyojlari asosida tashkil bo`ladigan bunday tabiiy guruhlarning o`zi kishilarning soniga qarab katta va kichik guruhlarga bo`linadi.
Referent guruhi - bu shaxs o'zi bilan bog'liq bo'lgan va o'z xatti-harakati va o'zini o'zi qadrlashda boshqaradigan normalar, fikrlar, qadriyatlar va baholashlar bilan bog'liq bo'lgan haqiqiy yoki shartli ijtimoiy hamjamiyat.

Download 68.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling