Katta guruhlar turlari


Download 25.74 Kb.
bet1/6
Sana06.02.2023
Hajmi25.74 Kb.
#1169441
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KATTA GURUHLAR TURLARI


KATTA GURUHLAR TURLARI
Reja:

1. Guruh va jamoa haqida tushuncha.


2. Guruh va uning turlari:
a) rasmiy guruh; b) norasmiy guruh; v) real guruh; g) shartli guruh; d) katta va kichik guruhlar.
3. Guruhdagi shaxslararo munosabatlar:
a) liderlik; b) konformizm (kelishuvchanlik); v) konflikt (nizo)lar va ularning turlari.
4. Ommaviy tusdagi psixologik hodisalar:
a) vahima; b) ijtimoiy kayfiyat; v) musobaqa; g) jamoa ongi.
5. Jamoa va guruhdagi moslik:
a) fiziologik moslik; b) psixologik moslik.
6. Guruh va jamoadagi ruxiy muhit.


Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar:

Agregatsiya - olomon, tasodifiy hodisaning tomoshabini.


Guruh - ma`lum maqsad asosida to`plangan, ikki va undan ortiq kishilar uyushmasi.
Jamoa - uyushgan guruhlar asosida jamiyat maqsadlarini ko`zlab ish yuritadigan guruh.
Konformlilik - shaxsni boshqalarning xulq -atvor motivlarini o`zining faoliyati uchun asos sifatida qabul qilishi.
Lider - boshqalar faoliyatiga rahbarlik qila oladigan guruh a`zosi.
Referent guruh - shaxs o`z xulq - atvorida o`rnak oladigan, guruh bahosi shaxs uchun ma`lum ahamiyatga ega bo`ladigan guruh, shaxs uchun namuna bo`ladigan guruh.
Sotsiometriya - Moreno tomonidan ishlab chiqiladigan, shaxsning guruhdagi mavqeini aniqlab beradigan ijtimoiy - psixologik metod.
Ustanovka - shaxsning atrofdagilarni anglamasdan idrok qilishi.
SHartli guruh - ma`lum belgini asos qilib tuziladigan guruh.
Empatiya - boshqalarga hamdardlik bildirish.

1. Guruh va jamoa haqida tushuncha

Pedagog yoki tarbiyachi o`z ishida faqat birgina o`quvchining o`zi bilan emas, balki turli guruh va jamoalar bilan munosabatda bo`ladi. SHuning uchun dastlab u o`zi bilan bolalar o`rtasida guruh yoki jamoa tuzib olishi kerak. Guruh deb, ikki yoki undan ortiq kishilar uyushmasiga aytiladi. Masalan, o`quvchilar guruhi, sinfda qandaydir boshliq atrofiga to`plangan bolalar guruhi.


Har bir kishi qaerda yashamasin, baribir qandaydir guruh yoki jamoa orasida yashaydi, ular bilan muloqot qiladi. Guruh va jamoalar doimo o`zgarib turadi. Shaxs ana shu guruh yoki jamoaga moslashib yashashi kerak. Guruh va jamoadagi munosabatlarni ijtimoiy psixologiya o`rganadi. Guruhning eng yuksak shakli jamoadir. Har qanday jamoa umumiy maqsad asosida tarkib topadi. Har qanday uyushgan guruh jamoa bo`la olmaydi. Masalan, banditlar shaykasi, jinoyatchilar to`dasini jamoa deb bo`lmaydi. CHunki ularning maqsadi faqat o`zlarining ehtiyojini qondirish, shaxsiy boylik orttirishdir. Ular ichki manfaatidan tashqariga chiqa olmaydi. Haqiqiy jamoa a`zolari jamiyat rivoji, o`z xalqining moddiy hayot farovonligini oshirish maqsadida harakat qiladilar. Masalan, oila, o`qituvchilar jamoasi, tadbirkorlar uyushmasi, olimalar va psixologlar uyushmasi kabilarni jamoa deyish mumkin. Jamoadagi kishilar umuminsoniy maqsad yo`lida xizmat qiladilar. Demak, jamoa deb umumiy maqsadlari asosida birlashgan, jamiyatning bir qismi hisoblangan va ana shu jamiyat maqsadlariga to`la buysungan kishilar guruhiga aytiladi. Ushinskiy K. D. , Leont`ev A.N, Anan’ev B. G, Kovalev A. G. kabilarning ishlari shaxs va jamoaning tarkib topishiga qaratilgan.
Har qanday jamoaning maqsadlari shu jamoaning o`z ichida cheklanmay, jamoa doirasidan chetga chiqishi kerak. Sнunda jamoa a`zolarining javobgarlik hissi ortadi. Har bir jamoa o`zidan katta bir jamoaning bir qismidir. Masalan: 1 - kurs talabalar jamoasi fakul’tet jamoasining, fakul’tet jamoasi esa universitet jamoasining bir qismidir. Jamoa va shaxs. Jamoachilik shaxsning xislati sifatida odamning jamiyat taraqqiyoti maqsadlari bilan birdamligining ifodasidir. Bu ijtimoiy birdamlik mehnatda namoyon bo`ladi va mehnatning tarkibiga quyidagilar kiradi: mehnat va ijtimoiy faollik, javobgarlik va burch hissi, butun jamiyat va jamoa maqsadlari manfaati nuqtai nazaridan o`rtoqlarcha o`zaro yordam hamda o`ziga va o`zgalarga nisbatan talabchanlik. Kishi shaxs sifatida tug`ilmaydi, balki boshqa kishilar bilan munosabatlardagina shaxsga aylanadi. Shaxs deb, jamiyatda faoliyatda bo`ladigan, yuksak ongga ega bo`lgan kishiga aytiladi. Agar yasli yoshidagi bolalar kattalar bilan munosabatda bo`lmasalar, ular shaxs sifatida shakllanmaydi. Shaxs ong egasi bo`lgan odamdir, ong esa faqat tabiiy hodisalar olaminigina aks ettirib qolmay, balki shaxs insoniyat tajribasi asosida to`plangan narsalar bilan munosabatda bo`ladigan ijtimoiy ong mahsulotlarini ham aks ettiradi. Maktab o`quvchisi shaxsining tarkib topishi jamoada amalga oshadi. Bola avval o`zi haqida uchinchi shaxs tilidan gapiradi. Masalan: “Sardorni o`ynagisi kelyapti”. Bola jamoadagi bolalar bilan bo`lgan munosabatdagina o`z – o`zini anglash darajasiga ko`tariladi. Kattalar yoki
tengdoshlari bolani yaxshi yoki yomonsan deganlarida bola o`z-o`ziga baho berishni o`rganadi. Mana shu tariqa tanqidni tushunishdan o`z - o`zini tanqid qilish yuzaga kela boshlaydi.



Download 25.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling