Moliyaviy tizim deb nimaga aytiladi?
Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar majmuiga moliyaviy tizim deyiladi;
Muayyan moliyaviy qarorni qabul qilish va uni amalga oshirishiga moliyaviy tizim deyiladi;
Moliyaviy vositachilar yig’indisiga moliyaviy tizim deyiladi;
Moliyaviy munosabatlarning shakl va usullar yig’indisiga moliyaviy tizim deyiladi.
Asosiy ishi moliyaviy xizmatlar taqdim etish va moliyaviy mahsulotlar savdosidan
iborat bo’lgan firmalar nima deyiladi?
moliyaviy oqim;
xalqaro firma;
xususiy firma;
moliyaviy vositachilar.
Bir aksiya hisobidan sof aktivlar bahosi ko’rsatkichi (NAV – net assets value) qanday aniqlanadi?
fond portfelidagi barcha qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati ular muomalaga chiqargan
barcha aksiyalar soniga bo‘linadi;
fond portfelidagi barcha qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati ular muomalaga chiqargan barcha aksiyalar soniga ko’paytiriladi;
fond portfelidagi barcha qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati ular muomalaga chiqargan
barcha aksiyalar qiymatiga bo‘linadi;
fond portfelidagi barcha qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati ular muomalaga chiqargan
barcha aksiyalar qiymatiga ko’paytiriladi.
Topshiriqlar (15 ball, har biri 5 balldan)
Savol. Moliyaviy vositachilar va ularning vazifalari (5 ball).
Masala. Investorda 50 mln.so’m bor va shu summani ikki yil muddatga bankka omonatga qo’ymoqchi. Birinchi bankda omonat uchun yillik foiz stavkasi 7% ni tashkil etadi, ikkinchi bank esa birinchi yil 6%, ikkinchi yil 8% li omonatni taklif etmoqda.Bunday vaziyatda investor ulardan qaysi birini tanlaydi? (to’liq va to’g’ri ishlanish talab etiladi) (5 ball).
Do'stlaringiz bilan baham: |