Qaysi javobda moliyaning o’ziga xos belgilari namoyon bo’ladi?
pul mablag’lari xarakatining bir tomonlama yo’nalishga ega ekanligi;
real pullar harakatiga bog’liq bo’lgan huquqiy me’yorlar yoki biznesni yuritish etikasiga
asoslangan munosabatlarning taqsimlash xarakteri;
markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini yaratish;
barcha javoblar to’g’ri.
“Moliya” (fani)ni o’rganish sabablari to’g’ri keltirilgan qatorni ko’rsating. 1) o’z pul mablag’laridan samarali foydalanish; 2) biznes dunyosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish; 3) Qiziqarli va daromadli karyera qilish; 4) mamlakat iqtisodiy siyosatiga ta’sir qiladigan ongli fuqarolik qarorlari qabul qilish imkoniyatiga ega bo’lish; 5) dunyoqarashni kengaytirish.
A) 1, 2, 4, 5;
B) 1, 2, 3, 4, 5;
C) 1, 3, 4, 5;
D) 1, 2, 3, 5.
Uy xo‘jaligi o‘z iste’molchilik va investitsion rejalarini amalga oshirish uchun qachon hamda qay tarzda qarz olingan mablag‘idan foydalanishi kerakligini aniqlashda uy xo’jaliklarini qaysi turidagi qaroridan foydalanadi?
investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlar;
moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar;
pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar;
riskni boshqarish bilan bog‘liq qarorlar.
Topshiriqlar (15 ball, har biri 5 balldan)
Savol. Moliya tizimi uchun moliyaviy yangiliklar nima uchun kerak? (Batafsil izohlang) (5 ball).
Masala. Faraz qilaylik so’mda qo`yilgan omonat 5000 AQSH dollarini tashkil qilsin. Depozit davri boshidagi valyuta kursi 1 dollar uchun 11400 so’mni tashkil etadi, muddat yakunidagi valyuta kursi 1 dollar uchun 11820 so’m. Foiz stavkalari yillik: im =24 % (so’mdagi omonat fozi stavkasi), ix = 5,5 % (dollardagi omonat fozi stavkasi). Depozit muddati - 24 oy. Qaysi valyutada omonatni shakllantirgan maqsadga muvofiq. Hisoblash murakkab foiz orqali amalga oshiriladi va oyiga bir marta hisoblandi (to’liq va to’g’ri ishlanish talab etiladi) (5 ball).
Do'stlaringiz bilan baham: |