9. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarining yaratilganligi, zaxiralar nomenklaturasining ishlab chiqilganligi:
Tuman hududida aloqa tarmoqlari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun 2023-yil 1-iyun holatiga bog‘lamada 10 juft releyka, 5,4 km. uzunlikdagi magistral va 18 km. uzunlikdagi abonent kabeli, 280 m uzunlikdagi UTP kabel, 6 dona radiotelefon va 2 dona SWITCH qurilmasi moddiy zaxiralari mavjud bo‘lib, boshqa moddiy resurslar zaxirasi yaratilmagan, avariya-tiklash ishlari uchun moddiy resurslar talabnoma asosida “O‘zbektelekom” AK Samarqand filialidan olinadi.
10. Himoya inshootlari (radiasiyadan yashirinish joylari, panagohlar)ning holati: Filial tasarrufida himoya inshootlari mavjud emas.
11. Favqulodda vaziyatlarda harakat harakat qilishga tayyorlash tadbirlari (qo‘mondonlik shtab, maxsus-taktik mashqlari, obyekt mashg‘ulotlari) o‘tkazilganligi:
2021-yil 21-23-aprel kunlari Kattaqo’rg’on shaxarida o‘tkazilgan qo‘mondonlik- shtab o‘quv mashqi hamda 2023-yil 23-25-may kunlari Samarqand, Jizzax va Navoiy viloyatlari FVDT funksional va hududiy quyi tizimi xizmatlari bilan hakorlikda o‘tkazilgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqida shahar hududida belgilangan o‘quv no‘qtalarida FVDqTning aloqa va xabar berish xizmati sifatida ishtirok etilgan.
12. Favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganligi yoki sodir bo‘lganligi haqida xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan xabar berish tizimining yaratilganligi: Filialda faoliyat olib boruvchi ishchi-xodimlar 50 nafardan kam bo‘lganligi sababli favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganligi yoki sodir bo‘lganligi haqida xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan xabar berish tizimi yaratilmagan.
13. SHahar FVDqT xizmatlarining Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan o‘zaro hamkorligi, shu jumladan kundalik hamkorlik va axborot almashinuvini yo‘lga quyilganligi:
Bog‘lama xodimlari tomonidan shahar hokimligi va shahar FVDqTning tegishli xizmatlari bilan kundalik axborot almashinuvi olib borilishi yo‘lga quyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |