Kattaqoʼrgʼon shahar telekommunikatsiyalar bog‘lamasi tomonidan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligi taminlash


Tashkilot rahbari – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining F.I.Sh, telefon raqamlari


Download 27.14 Kb.
bet2/5
Sana24.08.2023
Hajmi27.14 Kb.
#1669810
1   2   3   4   5
Bog'liq
Телеком далолатномаси 07.08.2023 й

2. Tashkilot rahbari – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining F.I.Sh, telefon raqamlari: Maxmamirzaev Umar Usmonovich, xizmat raqami: (55) 704-02-02, mobil raqami (99) 599-07-91.
3. Tashkilot bosh muhandisi – Shtab boshlig‘ining F.I.Sh, telefon raqam: Yazdanov Komil Qobiljonovich, mobil raqami (99) 339-35-36.
4. Fuqaro muhofazasi bo‘yicha mas’ul xodimning F.I.Sh, lavozimidagi ish staji, shtat jadvaliga asosan yoki buyruq asosida qo‘shimcha yuklatilganligi, telefon raqami: Bog‘lama boshlig‘ining 2023-yil 14-fevral kunidagi “Bulung‘ur TTBda fuqaro muhofazasi sohasi bo‘yicha mas’ul shaxs tayinlash to‘g‘risida”gi 8-sonli buyrug‘i bilan bog‘lamada fuqaro muhofazasi sohasiga oid hujjatlarni ishlab chiqish, tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha vazifalar bog‘lama etkachi muhandisi E.Turdievga qo‘shimcha ravishda yuklatilgan.
5. Samarqand viloyati hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2023-yil 10-yanvar kunidagi “Samarqand viloyati aholisi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2022-yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2023-yildagi asosiy vazifalar to‘g‘risida”gi 01-03/01-son hamda tuman hokimining shu mazmundagi 2023-yil 17-yanvardagi 1-FM-sonli buyruqlarini ijroga qaratish bo‘yicha buyruq ishlab chiqilganligi va ijro holati:
Buyruq ijrosi yuzasidan bog‘lama boshlig‘ining 2023-yil 10-fevral kunidagi “O‘zbektelekom” AK Samarqand filialining 2023-yil 9-fevraldagi 24-F-son farmoyishini ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi 7-sonli buyrug‘i ishlab chiqilib, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2023-yil uchun asosiy tadbirlar rejasi mazkur buyruq ilovasiga muvofiq tasdiqlangan va ijroga qaratilgan.
6. “Tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha harakatlar rejasi” va “Evakuasiya rejasi”ning ishlab chiqilganligi, ilovalarining mavjudligi hamda hisoblariga aniqliklar kiritib borilishi hamda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan kelishilganligi:
“O‘zbektelekom” AK Samarqand filiali va uning tizimidagi tashkilotlarda “Tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha harakatlar rejasi” ishlab chiqilib, 2022-yil 6-iyun kuni viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan kelishilgan holda filial direktori tomonidan tasdiqlangan. Tekshiruvlar davomida mazkur rejaga asosan Kattaqo’rg’on SHTBning rejasini ishlab chiqish bo‘yicha tushunchalar va tavsiyalar berilib, uslubiy yordam ko‘rsatildi.
Kattaqo’rg’on SHTB ishchi-xizmatchilari va ularning oila a’zolarini favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya (ko‘chirish) qilish rejasi ishlab chiqilib, 2021-yil bog‘lama boshlig‘i tomnidan tasdiqlangan, rejadagi hisob-kitoblarga aniqliklar kiritish lozim.
7. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimida belgilangan funksiyalarni bajarish uchun amalga oshirilgan ishlar holati. Nizom ishlab chiqilganligi, soha yo‘nalishida funksiyalarni belgilanganligi va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan kelishilganligi:
Kattaqo’rg’on SHTBning FVDTning Aloqa va xabar berish xizmati to‘g‘risidagi Nizomi ishlab chiqilib, 2020-yil shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan kelishilgan holda bog‘lama boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan.
FVDT Kattaqo’rg’on shahari funksional va hududiy quyi tizimi Nizomida Kattaqo’rg’on SHTBga shahar FVDqT faoliyat ko‘rsatishining barcha rejimlarida telekommunikatsiyalar va markazlashgan xabar berish tizimlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish, favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi haqida tuman aholisiga xabar berish va ma’lumot (axborot) etkazishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratilishida ko‘maklashish, favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida axborotlarni to‘plash va FVDqT rahbar organlariga uzatishni texnik ta’minlash bo‘yicha funksiyalar belgilangan.
2023-yil 1-iyun holatiga shahar hududida jami 33609 xonadon mavjud bo‘lib, bog‘lama tomonidan jami 29572 xonadonni aloqa tarmog‘i bilan ta’minlash imkoniyati mavjud. Bugungi kun holatiga ko‘ra, bog‘lama tomonidan 8526 nafar abonentga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
8. Fuqaro muhofazasi tuzilmalari (50 nafar va undan ortiq tashkilotlarda), qutqaruv tuzilmalari (doimiy shtat asosida, shtatsiz asosda)ning tashkil etilganligi, shaxsiy tarkib bilan jamlanganligi, funksional vazifalarni ishlab chiqilganligi, moddiy-texnik ta’minotining yaratilganligi, tuzilmalar bilan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning olib borilishi holati. Fuqaro muhofazasi tuzilmalarining shay holatga keltirish rejasining ishlab chiqilganligi. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuch-vositalarining shayligi darajasi:
Bog‘lama boshlig‘ining 2023-yil 6-may kunidagi “Fuqaro muhofazasi tuzilmalarini tuzish to‘g‘risida”gi 129-sonli buyrug‘iga asosan, 4 ta zveno (aloqa va xabar berish, tibbiy yordam ko‘rstish, qidiruv-qutqaruv va avariya tiklash)lari tarkibi 9 nafar ishchi-xodimlardan iborat FM tuzilmalari tashkil etilgan va shaxsiy tarkib bilan jamlangan.
Filialning FM boshlig‘i, FM shtab boshlig‘i va FM tuzilmalarining funksional vaziflari ishlab chiqilib, filial boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan. Shuningdek, FM bo‘yicha mas’ul shaxsning FM tuzilmalarini tayyor holga keltirish bo‘yicha rejasi ishlab chiqilgan va bog‘lama rahbari tomonidan tasdiqlangan.
Bog‘lamaning FM tuzilmalari bilan nazariy mashg‘ulotlar olib borilmagan. Shuningdek, tuzilmalar shaxsiy tarkibi tabel ro‘yxati asosida shaxsiy himoya vositalari va maxsus asbob-anjomlar bilan to‘liq ta’minlanmagan.
Bog‘lanma tasarrufida 1 ta damas rusumli maxsus (avariya-tiklash mashinasi) mavjud bo‘lib, 13 nafar ishchi-xodimlar tomonidan avariya-tiklash va tarmoqlarga xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshiriladi.

Download 27.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling