19. Ishchi-xodimlari va FM tuzilmalari shaxsiy tarkibini shaxsiy himoya vositlari va boshqa zarur anjomlar bilan ta’minlanganligi, ularning holati:
Filial ishchi-xodimlari va FM tuzilmalari shaxsiy tarkibi shaxsiy himoya vositalari va boshqa zarur anjomlar bilan tabel ro‘yxati asosida to‘liq ta’minlanmagan.
Xulosa:
Yuqoridagilarga asoslangan holda, bog‘lamada favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bajarish sharti bilan Kattaqo’rg’on SHTB favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga “Cheklangan tayyor” deb baholandi.
Shu munosabat bilan, Kattaqo’rg’on SHTB rahbarlar tarkibi, ishchi-xodimlari va FM tuzilmalari shaxsiy tarkibini favqulodda vaziyatlar xavfi tug‘ilganda va sodir bo‘lganda to‘g‘ri harkatlanishga o‘rgatish, shahar hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasidagi tadbirlar samardorligini yanada oshirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
1. Uch ish kuni muddatida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va bog‘lama boshlig‘i tomonidan tasdiqlanishini tashkil etish. Tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklar ahamiyati, muhimligi va ularning hajmidan kelib chiqqan holda bartaraf etish muddatlarini belgilash hamda belgilangan muddatlarda ijrosini to‘liq ta’minlash.
2. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2023-yil uchun asosiy tadbirlar rejasida belgilangan tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli bajarilishini ta’minlash.
3. “Kattaqo’rg’on shahar SHTB va uning tasarrufidagi ob’ektlarda tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish harakatlari rejasi” va Kattaqo’rg’on SHTB ishchi-xodimlari va ularning oila a’zolarini, hujjatlar, orgtexnika hamda moddiy boyliklarini evakuatsiya qilish rejasi hisoblariga aniqliklar kiritish.
4. Filialning FM hududiy xizmat tuzilmalari va FM tuzilmalari bilan nazariy mashg‘ulotlar olib borish, shuningdek, tuzilmalar shaxsiy tarkibini tabel ro‘yxati asosida shaxsiy himoya vositalari va maxsus asbob-anjomlar bilan to‘liq ta’minlash.
5. O‘n kun muddatda tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi nusxasi hamda kamchiliklarni bartaraf etish bilan bog‘liq amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g‘risida yozma ma’lumotni Bulung‘ur tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga taqdim etish.
Ushbu dalolatnomani to‘g‘ri deb imzo chekuvchilar:
M.Norqulov
O.Yax’yaev
Dalolatnoma matni bilan tanishdim, kiritilgan ma’lumotlar bo‘yicha e’tirozlarim yo‘q va ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun bir nusxasini oldim:
Kattaqo’rg’on SHTB boshlig‘i U.Maxmamirzayev
Do'stlaringiz bilan baham: |