Kazus davlatlar tuzilish ko’ra, oddiy-unitar hamda murakkab-federativ va konfederativ davlatlarga bo’linadi. Davlat tuzilish shakli nafaqat ommaviy hokimiyat bilan


Download 288.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana12.02.2023
Hajmi288.24 Kb.
#1191342
  1   2   3   4
Bog'liq
dhn oraliq distant



KAZUS 
Davlatlar tuzilish ko’ra, oddiy-unitar hamda murakkab-federativ va 
konfederativ davlatlarga bo’linadi. Davlat tuzilish shakli nafaqat ommaviy 
hokimiyat bilan, balki davlatning yana bir muhim belgisi- aholining hududiy 
asosga ko’ra birlashganligi bilan ham chambarchas bog’liqdir. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 3-moddasiga binoan, O’zbekiston 
Respublikasi o’zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlatr 
hokimiyatini va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi 
siyosatini amalga oshiradi. 
TDYU 1-kurs talabalari bilan o’tkazilgan seminar mashg’ulotlarida, 
O’zbekiston Respublikasini tuzilish shaklini muhokama qilish vaqtida , ayrim 
talabalar O’zbekistonning unitary davlar ekanligini ta’kidlashsa, qolgan talabalar 
federative davlat ekanligini ilgari surishdi. 
Davlatning tuzilish shaklini bayon etish orqali ushbu vaziyatga huquqiy 
baho bering. 
Ushbu vaziyatga yechim topish uchun dastlab davlatning tuzulish shakli 
haqida ma’lumot bersak. 
Ko’pchilik huquqshunos olimlar davlat tuzilish shaklini quyidagicha 
ta’riflaydi: Davlatning tuzilish shakli deganda, muayyan davlatning siyosiy, 
ma’muriy, hududiy tuzilishi va uning oliy organlari bilan mahalliy organlari 
o‘rtasidagi aloqalar e’tirof etiladi. Davlatning tuzilish shakli ikkiga bo‘linadi: oddiy 
(unitar) va murakkab (federativ va konfederativ). 
Unitar davlat- (lotincha «unitas» so‘zidan olingan bo‘lib – «yagona», «bir 
butun» degan ma’noni anglatadi) oddiy tuzilishga ega yaxlit davlat bo‘lib, to‘la 
siyosiy birlik ekanligi bilan farqlanib turadi. Unitar davlatlar tarkibidagi 
ma’muriy-hududiy bo‘linmalar faqat mahalliy masalalarni hal etish huquqiga ega, 
markaziy yagona davlat hokimiyati mamlakatning butun hududiga o‘z ta’sirini, 
yurisdiksiyasini tanho o‘tkazadi.
Unitar davlatlar quyidagi huquqiy belgilarga ega: 
● unitar davlatlarda yagona davlat hokimiyati oliy organlar tizimi mavjudligi 
● yagona Konstitutsiya va qonunchilik tizimiga egaligi. 
● yagona fuqarolikka 
● unitar davlatlar yagona bo`linmas va daxlsiz hududga ega bo`lishi 
Unitar davlatlarga Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Fransiya, Italiya, Ukraina 
kabi oddiy tarkibiy tuzilishga ega davlatlar misol qilib olsak bo’ladi.
Unitar 
davlatlarning alohida turi bo‘lib, avtonom hududli unitar davlatlar hisoblanadi. 
Ularda yagona hudud tarkibida avtonom tuzilmalar bo‘ladi. Avtonom hududli 
unitar davlatlarga Xitoy (o‘z tarkibida bir qator avtonomiyalarga ega – Tibet, Ichki 


Mo‘g‘uliston, Gonkong va hokazo), Ispaniya (Basklar viloyati), Daniya (Farer 
orollari va Grenlandiya) misol bo‘ladi. 

Download 288.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling